Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Qo‘qon-1912» jamoasi umumxalq harakatiga qo‘shildi

«Qo‘qon-1912» jamoasi umumxalq harakatiga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda respublikamizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida ko‘plab xayrli ishlarga qo‘l urilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan  “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakatini tashkil qilingani  esa, og‘ir kunlarda qiynalgan xalqimizga ko‘rsatilgan yuksak hurmat namunasi bo‘ldi. "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati doirasida Qo‘qon shahrida ham minglab ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Albatta bunday kunlarda Qo‘qon xalqining sevimli jamoasi bo‘lgan “Qo‘qon-1912” futbol klubi ham qarab turmaydi. Kecha jamoamiz tomonidan "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati doirasida 10 000 000 so‘m xayriya mablag‘lari ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga yordam uchun o‘tkazib berildi.

“Qo‘qon-1912” futbol klubi bundan bir necha kun muqaddam o‘zining muxlislari orasida kam ta’minlangan oila a’zolariga hamda Muqimiy mavzesida istiqomat qiladigan 10 nafar nogironligi bor oila a’zolariga 10 000 000 so‘m miqdorida xayriya qilgan edi. “Qo‘qon-1912” futbol klubi bu ishlar bilan chegaralanib qolmaydi. Biz pandemiyani to‘liq yengib o‘tgunimizcha va undan keyin ham muxlislarimiz bilan birga bo‘lamiz.

Yaratgandan barchangizga sog‘lik, sabr va matonat tilaymiz!

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 04:02, 01.05.2020.
O'qildi: 2423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик