Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yangi Ramos va Puyollar bilan tanishing

Yangi Ramos va Puyollar bilan tanishing

Baho:
+ | -

Stadion.uz yaqin yillarda dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biriga aylanishga juda yaqin turgan yosh va iqtidorli futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

O‘zan Kabak

20 yoshli turk himoyachi uchun “Shalke-04” 15 million yevrodan voz kechganida, muxlis va mutaxassislar hayron qolishgan edi. Endilikda, O‘zan statistik ma’lumotlarga ko‘ra Bundesliganing eng foydali himoyachisiga aylanib bormoqda. To‘p uchun kurashda faol, chaqqon va ikkinchi qavatda deyarli tengsiz bo‘lgan Kabakning atrofida allaqachon grand jamoalar “o‘ralashib” yuribdi. To‘p uchun kurashlarning 72(!) foizida yutib chiqayotgan iqtidorli himoyachining o‘yinlarini bir necha bor “Manchester Siti” va “Barselona” klubi skautlari stadiondan turib tomosha qilishga ham ulgurishdi. Katta ehtimol bilan, qahramonimiz yana bir mavsum “Shalke” safida to‘p suradi va yaxshigina summa evaziga Bundesligani tark etadi.

Vilyam Saliba

Transfer huquqi “Arsenal”ga tegishli bo‘lsa-da, Saliba Fransiyaning “Sent-Etyen” klubi safida ijara asosida to‘p tepmoqda. E’tiborli shundaki, Londonda o‘zini ko‘rsata olmagan himoyachi vatanida futbolchi sifatida jadallik bilan o‘sib kelmqoda. Bu mavsumda qahramonimiz har bir o‘yinda o‘rtacha havodagi kurashlarning 2,5,erdagi kurashlarning esa 1,95 tasida g‘olib chiqdi. Bu «Liga 1»dagi eng yaxshi 3 ta ko‘rsatkichdan biri degani. Kamtarin “ Sent-Etyen” himoyachisi uchun juda yaxshi ko‘rsatkich. Bundan tashqari, Salibaning texnikasi juda yaxshi. U o‘yin davomida kuchli pressinda qolib ketsada dribbling yoki fint evaziga vaziyatni yumshatishi va jamoada to‘pni saqlab qolishga urunadi. Eng muhimi, qahramonimiz aniq birinchi uzatmaga ega. Bu bugungi kunda zamonaviy murabbiylar tomonidan himoyachilardan talab qilanayotgan birinchi raqamli vazifa bo‘lib turibdi. Katta ehtimol bilan, Vilyam kelasi mavsumni “Arsenal” safida boshlaydi. Mustafi va Sokratisni transferga qo‘ygan “Arsenal” Fransiyada chinakam progress namoyish etgan futbolchisini ortga qaytarish borasida ish olib borishni ancha avval boshlagan.

Alesandro Bastoni

Antonio Kontening yoqimtoy futbolchisimurabbiy jamoaga kelishibilanoq uning e’tiborini qozondi. Endigina 20 yoshni qarshi olganiga qaramay, Bastoni juda sovuqqon va ehtiyotkor. Uning o‘yinlarini hatto Italiya futboli afsonasi Juzeppe Bergomi ham bir necha bor e’tirof etdi. Maydon bo‘ylab aniq krosslarni amalga oshirayotgan himoyachi bugungi kunda A Seriyaning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri bo‘lib turibdi. Aynan uning ishonchli o‘yinlari sababli Diyego Godin zaxira o‘rindig‘iga mixlanib qoldi. Doimo sovuq bosh bilan to‘p suruvchi himoyachi kelajakda Bonuchchi va Kyellini singari dunyoning eng kuchli klassik markaziy himoyachisi bo‘lib yetishishi aniq. Hozircha, himoyachi uchun “Manchester Siti” 60 million yevro taklif qilgan bo‘lsa-da, “Inter” o‘z “marvaridini” hech kimga sotmoqchi emas. Bastonining o‘zi ham hech qayerga ketishni istamayapti. Shunga qaramay, “Tuttosport” uning Italiyada uzoq ushlanib qolmasligini bashorat qilmoqda. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

Dan-Aksel Zagadu

Bugungi ro‘yxatimizdagi yanabir fransuz himoyachisi. Zagadu mavsumdan mavsumga kuchli va ishonchli himoyachiga aylanib bormoqda. Ayniqsa, Bundesligaga o‘tgach, uning o‘yinida keskin o‘sish kuzatildi. Lusyen Favr futbolchini nafaqat himoyada, balki jamoaviy hujumda ham faol ishtirok etishini talab qilmoqda. Zagadu ham o‘z texnikasi bilan maqtanishi mumkin. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi har bir uchrashuvda o‘rtacha 1,4 bor aniq aldab o‘tishni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, u Bundesligadagi himoyachilar ichida standard vaziyatlarda barchadan foydaliroq bo‘lib turibdi. “PSJ”da asosan qanot himoyasida ko‘rinish bergan Zagadu endilikda Xummels bilan birgalikda himoya markaziga javob bermoqda. Aslida, uning fantastik tezligi qanotlarda ham to‘p surish imkonini beradi, biroq Favr Zagaduning jismoniy holati va ikkinchi qavatdagi ustunligidan markazda foydalanishni afzal ko‘rmoqda. Umuman olganda, universal himoyachi ham bunga qarshi emas. Dan-Aksel yaqindagina 20 yoshni qarshi oldi. Shunday bo‘lsada, bugun u “Borussiya Dortmund”ning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. Qahramonimiz shu tempda o‘sishda davom etsa, yaqin yillar ichida albatta biror bir grand jamoa libosini kiyishi turgan gap.

Dayo Upamekano

“RB Leypsig” tepasiga Yulian Nagelsmann kelgach, Dayo nafaqat Bundesliganing, balki butun Yevropaning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Upamekano Nagelsmanning ko‘rsatmasiga binoan markaziy yarim himoyachilarga yaqinroq joylashadi va himoya markazida erkin to‘p suradi. Bu bejizga emas, albatta. Dayo paslarining 92 foizi aniq manziliga yetib boradi. Soddaroq qilib aytganda, uning brak uzatmalari deyarli yo‘q. Ishonchli va aniq uzatmalar egasi. Ayniqsa, “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvlarda Upamekano zamonaviy futbolga yangi super himoyachi kirib kelayotganini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi. O‘sha uchrashuvlardan so‘ng, deyarli barcha grand klublar “buqalar” himoyachisiga ko‘z tikkani rost. Jamoasi to‘p bilan munosabatda bo‘lganida u markazdagi uzatmalarga javob beradi. To‘psiz qolgan chog‘da pressingda juda faol harakat qiladi. Umuman olganda, Dayo istalgan grand jamoa talablariga bemalol javob berishga qodir himoyachi. «Bild» nashri bergan xabarlarga qaraganda, Upamekanoning agenti allaqachon bir nechta nomdor jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazishni boshlagan. Himoyachining o‘zi ham allaqachon klub mutasaddilari bilan uchrashgan va o‘zini yozda transferga qo‘yishlari borasida gaplashib olgan. Hozircha, uning qaysi klubga o‘tishi borasidagi savol ochiqligicha qolmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:41, 06.05.2020.
O'qildi: 10568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.