"Real"ning belgiyalik yarimhimoyachisi Eden Azarning ahvoli yaxshilanmoqda.
AS xabariga ko‘ra, yarim himoyachi allaqachon to‘p bilan ishlamoqda, ammo o‘ziga ko‘p yuklama olayotgani yo‘q. U asta-sekin tiklanmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Azar ikki hafta ichida to‘liq sog‘ayadi va Ispaniya chempionati qayta tiklanganida o‘ynashga to‘liq tayyor bo‘ladi.