Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Andrey Kanchelskis: “O‘zbek xalqi g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan”

Andrey Kanchelskis: “O‘zbek xalqi g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan”

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun 9 may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, II jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yillik bayrami.

Ushbu ayyom munosabati bilan “Navbahor”ning rossiyalik bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis yurtimizdagi urush hamda mehnat faxriylarini tabrikladi. Quyida uning tabrigini e’tiboringizga havola etamiz.

- Bugungi Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan buyuk g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan, barcha o‘zbekistonlik urush hamda mehnat faxriylarini tabriklayman.

Urush yillarida o‘zbek xalqi mardlik namunasini namoyish etib, janggohlarda ko‘plab o‘zbekistonliklar mardonavor jang qilishgani, ularning ko‘pchiligi shunday tinch, dorilomon kunlarga yetib kelishimiz uchun o‘z jonlarini fido qilishganini kitoblarda o‘qib, filmlarda ko‘rganmiz.

Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning xotiralari qalbimizda abadiy saqlanadi va ularning jasoratlari unutilmaydi.

Urush bo‘layotgan shaharlardan O‘zbekistonga evakuasiya qilingan ko‘plab oilalar hamda bolalarga o‘zbekistonliklar boshpana berishgani, urush sababli, yetim qolgan bolalarni farzand qilib, boqib olishgani, front ortida ham o‘zbekistonliklarning samarali mehnat qilishgani tarixdan ma’lum.

Umuman olganda, o‘zbek xalqi jahonni fashizm balosidan xalos etishga, buyuk g‘alabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

Fursatdan foydalanib, ayni paytda hayot bo‘lgan II jahon urushi qatnashchilari, shuningdek, front ortida mehnat qilgan faxriylarga uzoq umr, sog‘liq-salomatlik tilab qolaman.
Baxtimizga urush hamda mehnat faxriylari hamisha sog‘ bo‘lishsin!

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Kiritildi: 05:02, 09.05.2020.
O'qildi: 3058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик