Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fergyuson Getjiga qarshi jangdan so‘ng shifoxonaga olib ketilgan

Fergyuson Getjiga qarshi jangdan so‘ng shifoxonaga olib ketilgan

Baho:
+ | -

UFC o‘zining navbatdagi musobaqasini 10 may, yakshanba kuni (Toshkent vaqti bilan) o‘tkazdi.

UFC 249 musobaqasining asosiy jangi yengil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik maqomi uchun kechib, unda Toni Fergyuson hamda Jastin Getji o‘zaro kurash olib bordi. 5-raundga kelib, Getji Fergyusonni nokautga uchratdi.

Toni peshona, yuz va burnidan jarohat olgani sabab shifoxonaga olib ketilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning ahvoli hozirda ancha yaxshi.

Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson UFC 249 musobaqasida aslida Habib Nurmagomedov bilan jang qilishi lozim edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab 18 aprel kuni o‘tishi kerak bo‘lgan jang bekor qilindi. Shundan so‘ng UFC Toni Fergyusonga Getjini raqib sifatida ro‘baro qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:58, 11.05.2020.
O'qildi: 7031 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик