Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Original yulduz"

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Original yulduz"

Baho:
+ | -

Bu kunda ko‘p futbolchilar nishonlarkan tavalludini. Yaya Ture, Bonaventura. Men Romelu Lukakuni tanladim. Chunki bu tipaj butkul boshqacha o‘yinchi. Boshqa belgiyalik yulduzlar singari u baxtli oila vakili. Otasi ham, onasi ham futbolchi bo‘lishgan. Ko‘proq onasining pand-o‘gitlari bilan o‘sgan. Yaqin-yaqingacha 10-raqamni tanlashiga ham onasi sababchi – 10 oktyabrda tug‘ilgani bois. MYUga borib, 9-raqamni Zlatandan so‘rab olgan.

Romeluning ukasi ham futbolchi, bilasiz. "Lasio" sharafini himoya qiluvchi Jordan Lukaku. Belgiya o‘quv ta’limi mahsuli hisoblangan Romelu ingliz, fransez, golland, kongolez va ispan tillarini biladi. Turizm sohasida bakalavr diplomi bor.

Terma jamoada juda yosh boshlagan faoliyatini. 17 yarim yoshida. Ilk golini 2010 yili Rossiya terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan. Ruslarning ustozi Dik Advokat edi, qaysiki, Romeluning faoliyati boshlanishida muhim insonlardan biri.

Lukakuning maydondagi harakatlari noodatiy bo‘lgani bois, fikrlari ham shu tahlit muhokama qilinadi. To‘g‘risiyamda, "Chelsi"ni dunyoning eng katta klubi deb ta’riflagach, Evertonni Liverpul shahrining bosh jamoasi deb aytgach, uning har bir gapini diqqat bilan eshitish lozim bo‘lib qolgandi.

Bir necha yil muqaddam tvitterda kreativ yoshlar Lukakuga oid faktlar sahifasini ochib, rosa tanilib ketishgandi.

O‘sha tvitlarning ayrimlarini eslasak, a, hozir, albatta barisi hazil, yumor ma’nosida aytilgan:

“Bryus Bennerning jahli chiqsa, Xalkka aylanadi. Xalqning jahli chiqsa, Lukakuga aylanadi”.
“Romelu besh yoshida qog‘ozdan samolyot uchirgandi, kuni kecha u qo‘ndi”.

“Aleksandr Bell telefonni kashf etganida, uning telefonida uchta qabul qilinmagan qo‘ng‘iroq kuzatilgan. Romeludan bari”.

“Lukaku toki yugurish yo‘lakchasi charchab qolmaguncha yuguraveradi”.

“Bir kuni Romelu bir qush bilan ikki toshni urib tushirdi”.

“O‘rgimchaklardan qo‘rquv – araxnafobiya, qisqa bo‘shliqlardan qo‘rquv – klaustrofobiya deb ataladi. Romelu Lukakudan qo‘rquv – mantiq deyiladi”.

“Lukaku tug‘ilganidan so‘ng uni tuqqan onasini uyiga olib borgan”.

“Fransiyadagi ta’tillaridan biri velosipedida sayrga chiqqan Lukaku tasodifan Tur de Fransni yengib qo‘ydi”.

Shunga o‘xshash tvitlar. Hozirda Interda faoliyat olib borayotgan original hujumchining kelajakdagi ishlariga omad. Futbolga unga o‘xshagan maydonda ham, tashqarisida ham hech kimga taqlid qilmaydigan yigit kerak. Darvoqe, aytmabsiz, Romelu 27 ga kirdi. Kuchga to‘lgan payti.

Kiritildi: 07:12, 13.05.2020.
O'qildi: 4325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.