Kirish Ro'yxatdan o'tish

Habib-Getji jangi qachonga rejalashtirilganligi ma’lum qilindi

Habib-Getji jangi qachonga rejalashtirilganligi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov hamda ushbu vaznning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji o‘rasidagi jang yozda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

«Nurmagomedov—Getji jangi yozda bo‘lib o‘tishini kutyapman. Ular o‘rtasidagi to‘qnashuv Janglar oroli (Kanadada joylashgan) bo‘lib o‘tadi. Bu u yerdagi birinchi musobaqa bo‘ladimi yoki ikkinchi, buni hozircha aniq bilmayman. Agar sport sohasida qandaydir mo‘’jiza yuz bermasa va musobaqalarga ruxsat berilmaydigan bo‘lsa, jang aniq men kutayotgan vaqtdan oldin bo‘lmaydi», — deydi UFC rahbari Uayt.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov iyul oyida navbatdagi jangini o‘tkazish niyatida ekanligini aytgandi. Toni Fergyuson ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Getji ham faqatgina Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil 7 sentyabrida Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, raqibini muddatidan avval taslim qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:19, 13.05.2020.
O'qildi: 11360 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик