Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Lautaro yoki Neymar? «Barselona»ga kim ko‘proq zarur?

Lautaro yoki Neymar? «Barselona»ga kim ko‘proq zarur?

Baho:
+ | -

«Barselona» ham aksariyat klublar singari koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz tufayli moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Shunga qaramay kataloniyaliklar transfer bozorini larzaga keltirishi mumkin bo‘lgan shov-shuvli xaridlarni amalga oshirish fikridan qaytmayapti. «Ko‘k-anorranglilar» mavsumlar oralig‘ida kamida bitta katta transferni amalga oshirmoqchi. «Barselona» ko‘zlagan maqsadiga erishish yo‘lida hatto o‘z futbolchilarini sotishga va transferga qo‘shimcha tariqasida berib yuborishga ham tayyor.

Katalon klubining asosiy transfer maqsadi ma’lum — Lautaro Martines va Neymar. «Barsa» o‘tgan yozdan beri ularni sotib olishni ustuvor vazifa deb biladi va ikkala futbolchini ham o‘z safiga qo‘shib olishni xohlaydi. Hozirga vaziyatni hisobga olib aytganda, bu birmuncha qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin. Shu bois klub rahbariyati ikki hujumchidan birini tanlashi kerak. Quyida Neymar yoki Lautaroning sotib olinishining ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rib chiqiladi.

Lautaro Martines

Lautaro – tug‘ma to‘purar. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 31 o‘yinda 16 ta gol urdi va 4 ta golga hammualliflik qildi. Biroq bu natija Martinesning «Inter»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lishga yetarli bo‘lmadi. Milan klubining boshqa bir hujumchisi Romelu Lukaku kiritilgan to‘plar va assistlar soni bo‘yicha argentinalikni ortda qoldirdi. Ammo Lautaro kelajak uchun yaxshigina «sarmoya» bo‘lishi mumkin. «Barselona» esa ikki yildan beri Luis Suaresning o‘rnini uzoq muddatga egallashi mumkin bo‘lgan hujumchi qidirmoqda. Lautaro varianti esa ayni muddao bo‘lardi. Mabodo transfer kutilgan natijani bermasa ham Lautaroning yoshini hisobga olgan holda, uni boshqa jamoaga sotib yuborish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Lautaroning yana bir afzalligi – uning millati. Martines Messi bilan birga bitta jamoada o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan. «Barsa»ning o‘yini deyarli har doim Leoning atrofida qurilishini hisobga olganda, yosh va avvaldan tanish bo‘lgan vatandosh sherik unga zarar qilmasdi. Bunga qo‘shimcha ravishda Lautaro to‘p bilan yaxshi muomala qila oladi va o‘zi uchun qulay vaziyatlarni osonlikcha yaratadi. Xullas, Martines «Barselona»da qadrlanadigan barcha fazilatlarga ega.

Yagona muammo esa Lautaroning tajribasi kamligi bo‘lishi mumkin. Bu yilgi mavsum Lautaro o‘zini yaxshi tomondan namoyon qila olgan birinchi mavsum bo‘ldi. U 2018/19 yilgi mavsumda unchalik samarali bo‘lmagan va kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan. Joriy yilda ham u gol va assistentlik borasida Lukakudan ortda bormoqda. Boshqa tomondan argentinalik yosh forvard A Seriyada yaxshi harakat qilmoqda, u yerda esa hujumkor o‘yinchilarga har doim ham oson kechmagan. Shunday ekan Lautaro «Barselona» va uning hujumkor o‘yini bilan yo‘qolib qolmaydi.

Avvaliga Martinesga qiyin bo‘ladi va «qariya» Suares bilan raqobatda g‘olib chiqish, albatta, oson emas. Va hatto birinchi mavsumni sabr-toqat bilan zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazishi ham mumkin. Suaresning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi. O‘sha vaqtga kelib, klub 34 yoshli hujumchiga yangi shartnoma taklif qilishi dargumon. Shu sababli, Lautaro Suaresning o‘rnini egallashi va ko‘p yillar davomida «Barselona«ning asosiy markaziy hujumchisiga aylanishi mumkin.

Neymar

Neymar nomzodiga kelganda juda ko‘plab qarama-qarshiliklarga duch kelinmoqda. Lautaroning holatida esa barchasi oz bo‘lsa-da tushunarli. Biroq braziliyalik futbol yulduzining Kataloniyaga qaytishining salbiy tomonlari nisbatan ko‘proq. O‘yin jihatdan Neymarda barchasi ko‘ngildagidek. Fransiya chempionatining muddatdan oldin yakunlangan mavsumida u 22 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 10 ta assistni rasmiylashtirib qo‘ydi. Bir qarashda Neymarning transferi Martinesga qaraganda foydaliroq tuyuladi. Neymar asosiy pozisiyasi bo‘yicha chap qanot vingeri hisoblanadi. Shuningdek, u markaziy hujumchi sifatida ham bemalol o‘ynay oladi.

Messi, Neymar va Suares triosi hali ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Biroq bu yancha oldin bo‘lgandi. Neymarning qaytishi bilan «Barselona»ning o‘sha «sehr»li o‘yini qaytishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bunga asosiy shubha – o‘yinchilarning yoshi. Suares 33 yoshida tez-tez jarohat orttirib olayotgan bo‘lsa, Neymar 28 yoshida bundan-da «yaxshiroq» ko‘rsatkichga ega. Bundan tashqari Messining ham so‘nggi vaqtlarda sog‘lig‘ida muntazam ravishda muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Argentinalik futbolchiga ishonchli yordamchi, ba’zi holatlarda esa uning o‘rnini egallashi mumkin futbolchi kerak. Neymarning bundayligiga esa asosli shubhalar mavjud.

Neymarning qaytishiga har tomondan qarasangiz ham baribir qarama-qarshiliklar bo‘laveradi. Ayni paytda «Barselona»da o‘ning pozisiyasida Antuan Grizmann to‘p suradi. Bunday vaziyatda esa fransiyalik futbolchining taqdiri noma’lumligicha qolib ketadi. Agar tarkibda Grizmann, Messi, Suares va Neymar bo‘lsa, tabiiyki, birinchi uch nafar o‘yinchidan biri jamoadan ketishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu vaziyatda kataloniyaliklar uchun yagona yo‘l – Grizmanni Neymarga qo‘shimcha to‘lov evaziga almashtirishdir. Darvoqe, bu variant avvalroq klublar o‘rtasida muhokama qilingandi.

Neymarning qaytishining ijtimoiy tomonini alohida ta’kidlash zarur. Uning qaytishi tijorat nuqtai nazaridan «Barselona« uchun katta yutuq bo‘ladi. Biroq «ko‘k-anorranglilar»ning ashaddiy muxlislari Neymarning qaytishiga qanday munosabatda bo‘lishi ham katta savol ostida qolmoqda. Uch yil avval uning qay tarzda klubni tark etganini hamma yaxshi eslasa kerak. Shuningdek, Neymar turli bonuslar tufayli hamon «Barselona» bilan sudlashmoqda. Shunga qaramay kataloniyaliklar uni olib kelish fikridan qaytmayapti.

Transfer atrofidagi vaziyat

Martinesning tovon puli 111 million yevroni tashkil qiladi. Hatto «Barsa» ham inqiroz davrida bu summani o‘ziga ravo ko‘ra olmasligi mumkin. Shu bois klub rahbariyati o‘z futbolchilarini qo‘shish hisobiga bo‘lsa-da transferdan voz kechmoqchi emas. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Kataloniya klubi Lautaro uchun 60 million yevro va ikki o‘yinchisini berishga tayyor. Bu – «Inter»ni qiziqtira olgan yagona taklif.

Neymarning holatida ham vaziyat shunga o‘xshash. PSJ haqiqatan ham Grizmanni o‘z safida ko‘rishga qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida «Barselona« ham Grizmanni hech qanday ikkilanishlarsiz shartnomaga kiritishi va parijliklar bilan muzokaralarni davom ettirishi mumkin. Neymarning shartnomasida tovon puli miqdori ko‘rsatilmagan, shu bois tomonlar o‘yinchining narxini muzokaralarda kelishib olishadi. PSJ o‘tgan yozga qaraganda boshqacharoq yo‘l tutadi. Parijliklar bor e’tiborini Neymarga emas, balki Kilian Mbappeni jamoada olib qolishga qaratadi.

«Barselona»ning «Inter«ga qaraganda PSJ bilan kelishishi oson kechishi mumkin.Binobarin, Neymarning  transferi Martinesni imzolashdan ko‘ra osonroq. Biroq ushbu bitimning maqsadga muvofiqligi braziliyalik futbolchining transferi iqtisodiy tomondan «jozibador»ligiga qaramay juda kichik. Neymar hozir 28 yoshda. Ehtimol, u allaqachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandir. Martines esa bor-yo‘g‘i 22 yoshda. Mantines Katalon klubining yetakchisiga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega, yillar o‘tishi bilan esa u faqat kuchayadi.

Neymarning eng katta kamchiliklaridan biri – uning jarohatlarga moyilligidir. Parijga ko‘chib o‘tganidan beri u har mavsumda o‘nlab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Neymar muhim o‘yinlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin, ammo asl muammo – uning har doim shunday o‘yinlarda qatnashmasligida. Yana Neymar xarakteri va tolerantligi bilan ham maqtana olmaydi.

To‘g‘ri, Lautaroda Neymarniki kabi yuqori texnika bo‘lmasligi mumkin. Biroq Martines – haqiqiy to‘purar. Hozirgi vaziyatda esa aynan shunday o‘yinchi kataloniyaliklarga ko‘proq asqatgan bo‘lardi. «Barsa»da yetarlicha ijodkorlar bor, ammo vaziyatlarni yakunlaydigan o‘yinchi yo‘q. Bundan tashqari, Martines Neymarga qaraganda ancha kam maosh oladi. Bu esa inqiroz davrida ayni muddao bo‘lishi mumkin. Lautaro pulga tashna emas, aksincha u katta uchrashuvlar va sovrinlar qo‘lga kiritishni istaydi. Martinesning sotib olinishi ehtimol «Barselona»ning so‘nggi yillardagi eng yaxshi qarori bo‘lar. «Barselona» uchun nafaqat yulduzlarni sotib olish, balki ularni kashf qilish vaqti ham keldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:03, 14.05.2020.
O'qildi: 7700 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.