Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Verner «Liverpul»ga o‘tmasa, «Leypsig»da qoladi

Verner «Liverpul»ga o‘tmasa, «Leypsig»da qoladi

Baho:
+ | -

«Leypsig» hujumchisi Timo Verner faoliyatini davom ettirishning faqat ikkita variantini ko‘rib chiqmoqda.

"The Athletic" tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi «Liverpul»ga o‘tishni istamoqda. Agar uning mersisaydliklar safiga transferi amalga oshmasa, u holda germaniyalik futbolchi kelasi yilning yoziga qadar o‘z jamoasida qoladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Vernerning «Leypsig» bilan shartnomasida badal puli ko‘rsatilgan bo‘lib, 60 million yevro to‘lagan jamoa Timoni qo‘lga kiritadi. Kelasi yilning yozida ushbu summa 40 million yevroga, 2022 yilning yozida esa 25 million yevroga tushadi. Ushbu band har yili 15 iyunga qadar amalda bo‘ladi.

Avvalroq Vernerning xizmatlariga «Yuventus», «Bavariya», «Barselona» va «Inter» klublari ham qiziqish bildirishgan edi.

Hujumchi ushbu mavsumda 25ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.

Manba: sportbox.ru
Kiritildi: 15:33, 16.05.2020.
O'qildi: 3937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик