Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Islom birdamlik musobaqasi Tokio Olimpiadasi bilan «to‘qnashmaslik» uchun qoldirildi

Islom birdamlik musobaqasi Tokio Olimpiadasi bilan «to‘qnashmaslik» uchun qoldirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, har 4 yilda aholisining asosiy qismi Islom diniga e’tiqod qiladigan mamlakat vakillari o‘rtasida Islom birdamlik o‘yinlari ham o‘tkazib kelinadi. 2021 yil Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgan mazkur kompleks musobaqa ham noma’lum muddatga qoldirildi.

Bu haqida Islom birdamligi sport federasiyasining (ISSF) Ijroiya qo‘mitasi ma’lum qilmoqda. Bunga sabab esa musobaqaning Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolmasligining oldini olish. Rejaga ko‘ra, mazkur musobaqa 20-29 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan edi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari 23 iyul – 8 avgust, Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgust – 5 sentyabr kunlariga o‘zgartirilgan edi. So‘nggi bor Islom birdamlik o‘yinlari 2017 yil Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan va unda delegasiyamiz 15 ta oltin, 17 ta kumush hamda 31 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan edi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:00, 18.05.2020.
O'qildi: 2798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик