Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

Iker Kasilyas 39 yoshda

Iker Kasilyas 39 yoshda

Baho:
+ | -

20 may Iker Kasilyasning tavallud kuni. 1981 yili Madrid chekkasida tug‘ilgan. Asr avvali qirollik klubi Del Boske boshchiligida finalga chiqdi va  “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Bodo Illgner o‘rniga yoshgina yigitchani tushirishga majbur bo‘ldi. 19 yoshli Kasilyas. O‘shanda hamma Realning 3:0 hisobida yengganini, Raulning oxirgi golni yayov yurib borib urganini eslaydi. Ammo dastlabki daqiqada valensiyaliklarning shturmlarini bartaraf etgan qahramonimiz yoddan ko‘tariladi. Doim.

Ha, turnirlar yutib olinganda, qahramonlar gol mualliflari tomonidan izlanadi. Bu to‘g‘ri, ammo posbonlarni ham unutmaslik kerakki, ko‘proq yumush ularning zimmasida bo‘lgan bo‘ladi.

Yana bir misol. Kasilya 21 yoshda. 2002 yilgi YECHL finali. O‘sha mavsum sport formasini yo‘qotgan Iker asosiy tarkibidagi o‘rnini Sanches Sesarga topshirib qo‘ygan lahzalar. Shunday bo‘lsada 2001/2002 yilgi “Bayer”ga qarshi YECHL final bosqichida Iker asosiy tarkibdagi o‘rnini qariya darvozabondan tortib olgan. Kasilyas ushbu o‘yinda bir necha bor ajoyib seyvlarni amalga oshirib o‘z darvozasidan bor yo‘g‘i bir marotaba gol o‘tkazib yuborgan. Real”ning 2:1 hisobida g‘alabasida hamma Zidanning afsonaviy golini eslaydi, Raulning to‘pni yumalatib yuborganini eslaydi, biroq so‘nggi daqiqalarda superseylar amalga oshirib, o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishni istamagan va uddasidan chiqqan Kasilyesni yana unutib qo‘yadilar.

Hatto 2011/2012 yilgi mavsum YECHL musobaqasida “Real” yarim finalga qadar yetib borgani va unda Myunxenning “Bavariya” klubiga penaltilar seriyasida yengilganini eslaganimizda ham Kaka, Ronaldu va Serxio Ramosning penaltidan foydalana olmagani ko‘z oldimizga keladiyu, Kasilyasning bir darvozabon qilishi mumkin bo‘lgan katta ishni – ikki penaltini bartaraf etganini unutib qo‘yamiz.

Realdaku Iker bearmon edi. Baribir. Kuchli klub va ko‘p sovrinlar yutishi turgan gap. Ammo Ispaniya terma jamoasining oltin davri aynan uning yelkasida tetapoya bo‘lganini yana unutamiz va boshqa qahramonlarni eslayveramiz. 2008 yilgi Yevro turniri, pley-offda Buffoni bor Italiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etishda tepuvchilardan ko‘ra, qo‘riqlovchi asosiy faktor bo‘lganini endi eslaylik, keling. Ruslarning darvozasiga bir soatdan keyin gol urishni boshlagan qizil furiyaning darvozasini dahlsiz saqlagan Kasilyasni ana endi ta’kidlab o‘taylik. Finalda Torres yarim qarich oldinroq to‘pga yetib kelib gol urganini xotirlayotganimizda, Kasilyasning oxirgi bahsda ham gol o‘tkazib yubormaganini e’tirof etaylik. Nahotki arzimaydi?

2010 yilgi finaldan so‘ng Kasilyas shunday degandi: “Men yoshligimda Matteusni, Romarioni, Zidanni, Kafuni va Kannavaroni mundial kubogini boshi uzra ko‘targanini ko‘rganman. Bugun o‘zim shu his-tuyg‘ular ichida qolganimda, ertadan boshlab faqat shu vaziyatni tomosha qilishga qaror qildim. Ko‘p-ko‘p, to‘xtamasdan tomosha qilaman!”

Ha, aynan Kasilyas shu turnirning bosh qahramoni. Ispaniya pley-offda gol o‘tkazmaganini unutgan holimizda, gol mualliflarini eslashga odatlanganmiz. Ammo oxirgi bahsda Inyestaning g‘alaba to‘pi bo‘lgunicha Snayder va Robben bilan bir o‘zi o‘ynagan Kasilyas emasmidi? Umrida jahon chempioni bo‘lmagan va bu orzusi hamon armon bo‘lib qolayotgan yurtning eng yaxshi vakilining reydini ikki martalab to‘xtatgan Iker emasmidi? Aynan u edi.

Keling, bugun shu qahramonni eslaylik. Buyuk darvozabonni, balki futbol tarixidagi eng yaxshi kiperlardan birini. Uni hamma unutishga o‘rgangan. Jamoalari sharaf bilan ketkazmas, biroq muxlislar yodida uzoq saqlanib qoladi.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:19, 20.05.2020.
O'qildi: 3953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.