Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Valeriy Lyubushin — «Pirasikaba» va «Nasional» bilan o‘yinlardagi qahramon!

Valeriy Lyubushin — «Pirasikaba» va «Nasional» bilan o‘yinlardagi qahramon!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yarim himoyachi Valeriy Lyubushin Janubiy Amerikaning ikki jamoasiga qarshi bellashuvlarda g‘alaba keltirgan to‘plar muallifiga aylangan.

Vladivostokda voyaga yetgan Lyubushin harbiy xizmatni o‘tash uchun Farg‘onaga keladi va keyinchalik Toshkentning "Sokol" jamoasida faoliyatini davom ettiradi. 1963 yil "Paxtakor" safiga ko‘chib o‘tgan futbolchi chempionat bahslarida 58 o‘yinda 13 golga mualliflik qiladi. Uning faoliyatida 1964 yilgi mavsum o‘chmas iz qoldirgan.

SSSR chempionati birinchi ligasida 33 uchrashuvda 8 to‘p kiritgan Lyubushin Toshkentda Janubiy Amerikaning ikki nomdor jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida "Paxtakor"ga muvaffaqiyat olib kelgan gollarni urgani bilan yodda qoladi. 19 aprel kuni Braziliyaning "Pirasikaba" jamoasiga qarshi bahsda Lyubushin yagona gol muallifiga aylandi. U Igor Malinovskiyning uzatmasidan keyin to‘pni darvozaga kiritgan.

8 iyun kuni esa Urugvayning eng mashhur jamoalaridan biri sanalgan "Nasional" Sobiq Ittifoq bo‘ylab turnesini Toshkentda davom ettirgan. "Paxtakor" bilan o‘yinga qadar "Spartak", Kiyevning "Dinamo" va "Qayrat" bilan bahslarda urugvayliklar mag‘lubiyatga uchrashmagandi. Yevropada ham ular o‘z turnesida yengilishmagandi. Toshkentda hisobni raqibdan Sanfilippi ochgan bo‘lishiga qaramay, Vladimir Tojirov birinchi bo‘limning o‘zida muvozanatni tiklaydi. Ikkinchi bo‘limda esa Malinovskiyning to‘p oshirishidan so‘ng Lyubushin yana gol muallifi bo‘ladi.

Shu tariqa, Malinovskiy va Lyubushin ijrosidagi hujumlar Janubiy Amerikaning ikki klubini mag‘lub etishda yordam berdi. Valeriy Lyubushin uchun esa 1964 yilgi mavsum faoliyatidagi eng yaxshi mavsum sifatida esda qoladigan bo‘ldi.

"Paxtakor" - "Pirasikaba" (Braziliya) - 1:0
1964 yil 19 aprel. "Paxtakor" stadioni. 60000 tomoshabin.
"Paxtakor": Yuriy Pshenichnikov, Viktor Medvedev, Valeriy Muxin, Viktor Naumenko, Shokir Ismoilov, Maqsud Sharipov, Valeriy Lyubushin, Stanislav Stadnik, Gennadiy Krasniskiy, Vladimir Tojirov, Igor Malinovskiy.
Gol: Lyubushin, 18 - 1:0.

"Paxtakor" -  "Nasional" (Urugvay) - 2:1 (1:1)
1964 yil 8 iyun. "Paxtakor" stadioni. 60000 tomoshabin.
"Paxtakor": Yuriy Pshenichnikov, Akmal Azizxo‘jayev, Valeriy Muxin, Viktor Naumenko (Rival Zakirov), Maksud Sharipov, Valeriy Lyubushin, Vitaliy Suyunov, Sergey Melkumov, Gennadiy Krasniskiy, Vladimir Tadjirov, Igor Malinovskiy.
Gollar: Sanfilippi, 15 - 0:1. Tojirov, 29 - 1:1. Lyubushin, 60 - 2:1.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:26, 20.05.2020.
O'qildi: 3428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.