Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 23:00 Ash-Shorta 3-2 Duhayl
16/02 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd - Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa - Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy - Yuventus
18/02 01:00 Benfika - Real Madrid
18/02 01:00 Monako - PSJ
18/02 01:00 Borussiya D - Atalanta

Joze Mourinyo «Inter»dan ketgani haqida: «Real»ga uch marta yo‘q deb bo‘lmaydi

Joze Mourinyo «Inter»dan ketgani haqida: «Real»ga uch marta yo‘q deb bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2010 yilda «Inter»dan «Real» boshqaruviga yo‘l olganini yodga oldi. Mutaxassis «Barselona»ga qarshi kechgan Chempionlar Ligasi 1/2 final javob bahsidan keyin Milanni tark etish qaroriga kelgan.

«Barselona»ga qarshi javob o‘yinidan keyin qaror qabul qildim, sababi Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish arafasida ekanimizni bilgandim. Buni Morattiga aytgandim. O‘yindan so‘ng u bilan quchoqlashdik, u ketishga va baxtli bo‘lishga haqqim borligi aytdi. Biroq men Milanda Madriddagidan baxtli edim», — deydi Mourinyo.

Ayrim xabarlarda Joze Chempionlar Ligasi finalidan avval «Real» bilan shartnoma imzolab qo‘ygani haqida aytiladi, biroq portugaliyalik mutaxassis ularni inkor etdi.

«Agar finaldan so‘ng ismimni aytib kuylayotgan muxlislar bilan Milanga qaytganimda, balki, u yerdan hech qachon keta olmasmidim...

Men Madridga ketishni istadim. Ular bir yil avval meni chaqirishgandi, Morattiga bu haqida aytganman, biroq u meni qolishga ko‘ndirgandi. «Chelsi»ni boshqarayotgan paytimda ham «Real» taklifini rad etganman, ammo madridliklarga uchinchi marta «yo‘q» deb bo‘lmaydi», — deya qo‘shimcha qildi Joze.

Mourinyo 2009/10 yilgi mavsumda «Inter» bilan A Seriya, Italiya Kubogi va Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan holda «trebl» qayd etadi. Mavsum yakunlangach u «Real» boshqaruviga tayinlanadi. 2013 yilga qadar ispan grandini boshqargan Mourinyo La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:08, 22.05.2020.
O'qildi: 3609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.