Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

MBA yulduzi, ikki karra Olimpiada chempionida koronavirus aniqlandi

MBA yulduzi, ikki karra Olimpiada chempionida koronavirus aniqlandi

Baho:
+ | -

Milliy basketbol assosiasiyasi (MBA) yulduzlaridan biri, ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni amerikalik Patrik Yuingda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqida basketbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgan.

“Shu xabarni Sizlarga aytmoqchi edimki, mening koronavirusga topshirgan tahlillarim musbat natija ko‘rsatdi. Bu virus juda jiddiy bo‘lib, yengil va tez yuquvchi ekan. Har biringizga uyingizda qolib, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrashingizni bildirib qolaman”, – deya post qoldirgan Yuing.

Eslatib o‘tamiz, Patrik Yuing “Drim Tim”, ya’ni “Orzular jamoasi” nomini olgan basketbol bo‘yicha AQSH terma jamoasi safida Los-Anjeles-1984 va Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozongan. Hozirda “Jorjtaun Xoyyas” jamoasini boshqarib kelmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:58, 24.05.2020.
O'qildi: 2822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик