Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Rasman. O‘zbekiston futbol klublarga mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat berildi

Rasman. O‘zbekiston futbol klublarga mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat berildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham futbol uchrashuvlari va mamlakat ichki chempionati to‘xtatilgan edi.

O‘zPFL yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda milliy chempionat bahslarini davom ettirish bo‘yicha o‘z rejalarini ishlab chiqqani va buni Superliga klublari bosh murabbiylari bilan muhokama qilgani haqida oldinroq xabar bergan edik.

Bugun Respublika Maxsus Komissiyasi axboroti e’lon qilindi va Sog‘liqni saqlash vazirligi, AOKA, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan Telegram kanalida professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga ruxsat etilgani ma’lum qilindi.

Axborotda, shuningdek, futbol uchrashuvlarini 5 iyundan boshlab davom ettirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zPFL bunga qadar Superliga o‘yinlarini 5 iyundan boshlab tiklash rejalarini ishlab chiqqandi. Biroq bu rejaga rasman ruxsat etilishi uchun bir necha kun kerak bo‘ldi. Shundan va klublarning mashg‘ulotlarni to‘laqonli boshlab ulgurmagani, qolaversa chempionat restarti oldidan futbolchilar o‘z formalarini tiklashi uchun biroz vaqt kerak ekanligidan kelib chiqib, O‘zbekiston chempionati aynan qaysi sanadan start olishi bo‘yicha alohida ma’lumot beriladi.

Respublika Maxsus Komissiyasining mazkur qarori futbolimiz jamoatchiligi uchun juda quvonchli xabar bo‘ldi. Ayni vaqtda biz uchun eng muhimi – endilikda mashg‘ulotlarni rasman davom ettirish mumkin. Uzoq vaqt amaliyotsiz qolgan futbolchilar o‘z formasini tiklab olmasdan turib o‘yinlarga kirishsa, tabiiyki, jarohatlar ham avj oladi. Shu sababdan rasmiy uchrashuvlarning aynan qachondan davom ettirilishi borasida O‘zPFL alohida ma’lumot beradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:26, 30.05.2020.
O'qildi: 3508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.