Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Maradonaning sobiq kuyovi tug‘ilgan kun

Maradonaning sobiq kuyovi tug‘ilgan kun

Baho:
+ | -

2 iyun ajoyib hujumchi – Argentina terma jamoasi a’zosi va "ManSiti" vakili Serxio Aguero uchun qadrli kun. 1988 yil tug‘ilgan. Yosh e’tibori bilan faoliyatining cho‘qqisidan pastga tushmoqda. Lekin boshqalardan ko‘ra u ko‘proq futbol o‘ynamoqda, deya olamiz. Serxio Argentina miqyosida juda vaqtli boshlagan faoliyatini. “Independyente” klubi tarkibida paydo bo‘lganida 15 yoshu 35 kunlik edi. U bilasizmi bu masalada kimning rekordini buzgan? Sobiq qaynotasi – Diyego Maradonani. Argentina afsonasi 1976 yili Aguerodan bir kun kattaroq bo‘lib boshlagandi.

Serxioga ko‘pincha qo‘shib aytiladigan Kun nomi yoshligidan meros. Bolaligida u “kum-kum” degan qahramonni yaxshi ko‘rar, qiliqlarini takrorlardi. Akalari uni shu bois sal xato talaffuz qilib “Kun” deb chaqirishardi. Shu-shu qolib ketgan bu nom.
Futbolchiligini yaxshi bilasiz. Uning maydondagi harakatlarini chiroyli "Manchester Yunayted" klubining sobiq himoyachisi Nemanya Vidich chiroyli ta’riflagan. Menimcha, shu kifoya qiladi:

"Maydonda Agueroga go‘yoki futbol qiziq emasday tuyuladi. U 10 metr ham yugura olmaydigan odamga o‘xshaydi, keyin esa – shunaqa yuguradi, - deydi Vidich. – ishonchim komilki, Aguero himoyachi bo‘lib tug‘ilgan. U to‘pning qayerda bo‘lishini va qayerdan hujum qilishni biladi. Jarima maydonida yo‘nalishini juda tez o‘zgartiradi. Tana tuzilishi qulay bo‘lgani tufayli Angliya himoyachilaridan tez qocha oladi. Juda ham tez tepadi, jarima maydoniga kirib va kirmasdan ham zarba bera oladi. Men unga qarshi o‘ynaganman va "MYU" Moyes qo‘l ostida "Siti"ga 4:1 hisobida yutqazgan. Bu "Yunayted" uchun mening eng yomon o‘yinim edi.

Nafaqat Vidich, balki Kunga qarshi o‘ynagan hamma himoyachi shu iqrorni aytsa kerak. Chindan ham Aguero o‘ta original hujumchi. Uslubi boshqa to‘qqizliklarga o‘xshash emas. Noqulayligi borasida rivoyatlar tarqagan.

Terma jamoada ham boshqa argentinaliklar kabi yoshligidanoq tanilgan. Olimpiada g‘olibi. “Manchester Siti” tarixiga zarhal harflar bilan yozilgulik faoliyati bor. Shaharliklarning mutlaq to‘purari. Manchini boshchiligidagi afsonaviy chempionlikda ham so‘nggi nuqtani aynan Aguero qo‘ygani mantiqan to‘g‘ri bo‘lgan. Egasiga muvofiq tushgani yaxshi har holda.

APLda u 30ta jamoaga qarshi o‘ynagan va birgina "Bolton" darvozasiga yo‘l topa olmagan. Qolgan jamoalarini ranjitgan. "Bolton" "ManSiti" chempion bo‘lgan 2012 yili chempionshipga tushib ketgan va ko‘p ehtimol Kun Aguero faoliyatini yakunlasa premyerligaga chiqaman degancha qaytib ko‘rinmadi. Bolton muxlislari, yaxshi kunlaringizga yaqin qoldi shekilli.

Xayrulla Hamidov

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 09:03, 02.06.2020.
O'qildi: 3665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.