Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 0-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol - Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa - An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Ivan Solovyov: “Futbolda sensasiyalar doimo yuz beradi”

Ivan Solovyov: “Futbolda sensasiyalar doimo yuz beradi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, “Navbahor” tarkibida bir qator xorijlik futbolchilar to‘p surishadi. Ulardan biri mahoratli rossiyalik yarim himoyachi, maydondagi faol harakatlari bilan ajralib turuvchi Ivan Solovyov.

Jamoamiz a’zolari O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat berilganidan so‘ng, ya’ni 30 may kunidan boshlab, Coca Cola Superliga 4-turi doirasidagi safarda Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlikni boshlashdi.

“Lochinlar”ning navbatdagi mashg‘uloti yakuniga yetgach, Ivan Solovyov bilan suhbat uyushtirdik.

Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Mashg‘ulotlarning  boshlanishi, klub qarorgohidagi karantindagi hayot, karantindan keyingi futbol, sensasiya borasida 

- Xudoga shukr, 30 maydan mashg‘ulotlarni ham boshlab oldik. To‘g‘risi,  barchamiz mashg‘ulotlarni sog‘ingandik.

Ochig‘ini aytsam, karantin yangi boshlanganida biroz zerikdim. Biroq keyinchalik klub qarorgohidagi jamoadoshlarim – Igor Golban, Ruslan Bolov, Pavel Golishev va Amirbek Jo‘raboyev bilan stol tennisi, PlayStation o‘ynadik. Shuningdek, har birimiz murabbiylar shtabi belgilab bergan jadval asosida barchamiz o‘z xonamizda yakka tartibda shug‘ullandik.

Karantindan keyingi futbolda o‘zgarishlar bo‘lishi yoki yo‘qligi borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, barchasi mashg‘ulotlar uchun ajratilgan muddat davomida jamoalarning bo‘lajak uchrashuvlarga qanday tayyorgarlik ko‘rganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Bundan samarali tarzda foydalangan futbolchilar yana avvalgidek o‘yin namoyish eta olishadi, boshqalar esa... Umuman olganda, o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli yuqori.

13 iyundan restart oladigan chempionat bahslarida sensasiyalar yuz  berishi borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, futbolda bunday holatlar doimo yuz beradi. Masalan, hattoki, jamoa yuqori darajada o‘yin namoyish etayotganida ham mag‘lubiyatga uchrashi mumkin.

Lekin menimcha, “Paxtakor”ning bitta bahsda yengilishi sensasiyaga kirmaydi. Sensasiya sifatida hech kimning xayoliga kelmagan hamda kutilmagan birorta jamoaning chempion bo‘lishini kiritish mumkin.

Birinchi davra o‘yinlarining muxlislarsiz o‘tishi, OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi to‘g‘risida 

- Birinchi davra bahslarining tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi to‘g‘risida nima deyishim mumkin? Namanganda futbolga qiziqish kuchli va muxlislar jamoamizni har bir o‘yinda o‘zgacha tarzda qo‘llab-quvvatlab turishadi hamda biz -  futbolchilar bundan ruhiy va jismoniy kuch-quvvat olamiz.

Shunday bo‘lsa-da, yana bir marta takrorlayman, barchasi jamoalarning bo‘lajak o‘yinlarga qanday tarzda tayyorgarlik ko‘rishiga ham bog‘liq.

Ayni paytda televizor orqali qaysi chempionat bahslarini namoyish etishsa, o‘sha o‘yinlarni tomosha qilyapman hamda ulardan shunday xulosaga kelyapmanki, bahslar xuddi jamoalar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishayotgandek tarzda o‘tmoqda. Baribir muxlislar bilan o‘ynashning gashti o‘zgacha.

   Jamoamizga 1-davra uchrashuvlarida ishqibozlarning yo‘qliklari yetishmasligi mumkin. Ammo nailoj, inson sog‘ligi barchasidan muhim sanaladi va barchamiz bunga amal qilishimiz shart hamda maydonda muxlislarning g‘oyibona quvvatlashlarini his etgan holda, o‘ynaymiz.

Jamoamizning oldiga joriy mavsumda OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgani to‘g‘risida to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsam,  ayni paytda “Navbahor”da tajribali va mahoratli futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etadi hamda tarkib bo‘yicha hattoki,  “Paxtakor”dan ham kuchlimiz, desam ham bo‘laveradi.

Shunday ekan, joriy mavsumda chempionlik unvoni va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishga qodirmiz, albatta.

Faqat buning uchun nafaqat futbolchilar, balki klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, ishchi-xodimlar, shuningdek, muxlislar, ya’ni barcha bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilishi lozim. “Paxtakor” o‘tgan mavsumda aynan shuning evaziga chempion bo‘ldi.

Bu yil O‘zbekiston kubogining final o‘yini Namanganda, biz uchun qadrli maydonda bo‘lib o‘tishi ham jamoamizga qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi. Boisi, namanganlik 15-20 ming nafar muxlisning “Navbahor”ni olqishlab, oldinga undashi har qanday raqib jamoa a’zolarida bosim paydo qiladi. Shunday ekan, ushbu imkoniyatdan samarali tarzda foydalanishga intilamiz hamda nafaqat sovrindorlar safidan o‘rin olgan holda, balki, billur sovrinni ham qo‘lga kiritib, ishqibozlarga quvonch ulashish niyatidamiz.

–  Muxlislarga tilaklar

- Ishqibozlar birinchi davra o‘yinlarini televizor orqali tomosha qilishadi. Ikkinchi davradan boshlab, muxlislar uchrashuvlarni bevosita stadionlarda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, degan umiddaman.

   Asosiysi, ishqibozlar baxtimizga doimo sog‘-salomat bo‘lishsin va jamoamizni doimo qo‘llab-quvvatlab turishaversin.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:26, 03.06.2020.
O'qildi: 3604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.