Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

7 iyun — «Roma» tashkil etilgan kun

7 iyun — «Roma» tashkil etilgan kun

Baho:
+ | -

7 iyun kuni Rimning “Roma” jamoasi tug‘ilgan kun. 1927 yil asos solingan mashhur klubga. Uch jamoa – “Roman”, “Alba-Audache” va “Fortitudo-Pro Roma" klublarining birlashuvidan so‘ng “Roma” tashkil etilgan.

Italiya poytaxti sharafini himoya qiluvchi ushbu jamoaning darajasi natijalaridan ustunroq. Muxlislari va stadionining salobati bilan, albatta. A seriyada o‘tgan asrning o‘rtisida bir yilgina o‘ynamagan, qolgan davri doimo kuchlilar seriyasida.

“Roma”ning porloq davri shubhasi 21-asrning boshi. Klub yangi asrga mamlakat chempioni bo‘lib o‘tgan. Fabio Kapello boshchiligidagi klub garchi yevrokuboklarda o‘zini ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, A seriyaning o‘sha yillarini yondirgan. “Roma” uch marta A seriya g‘olibi hisoblanadi. Jamoaning haybatiga kamlik qiladi-ya? Ammo uning tarkibidagi sadoqatli Totti ushbu klubga bo‘lgan muxlislik darajasini oshirib yuborgan.

Rim klubi asr avvalidagi natijalarini so‘nggi paytlarda takrorlay olmayapti, gohi-gohida ko‘rsatadigan fenominal o‘yinlari evaziga baribir muxlislari sonini ushlab turibdi. Yevrokuboklarni yengolmasa hamki ba’zi liderlarga shunday boshog‘riq bo‘lib beradiki, asti qo‘yavering. Shu bois, asrimiz boshidagi “Roma”ning davri qaytib qolsa ham ajablanmaymiz.

###

Yettinchi iyun "Roma" klubida faoliyatining eng uzoq davrini o‘tkazgan braziliyalik ajoyib himoyachi Kafu uchun ham qadrli sana. U bu yil ellik bahorni qarshi oldi. San Pauluda tug‘ilgan yulduz nafaqat klublaridagi o‘yini bilan, balki jahon chempionatlarida terma jamoasidagi o‘yini bilan-da o‘z uslubiga ega futbolchi. Braziliya deganda barchaning ko‘z o‘ngidan hujumchilar pleyadasi o‘tsa, Kafu siymosi himoya qo‘rg‘onida ham o‘sha darajadagi yigitlar borligini eslatib turadi. 2002 va 2006 yilgi mundiallarda Kafu pentakampeonlar sardori bo‘lgan. Kafu futbol uchun bir rekordni qayd etganki, bu natija bilan Braziliya termasi bilan uch bor jahon chempioni bo‘lgan futbol qiroli Pele ham faxrlana olmaydi – uchta final o‘yinida maydonga tushganligi bilan. Ha, Kafu 1994, 1998 va 2002 yillari qatorasiga final bahsida o‘ynagan. Fifaning 100ta kuchli futbolchilari ro‘yxatidan joy olgan.  

"Roma"ning o‘sha 2001 yilgi chempionligida Kafu katta ishni bajarganini eslaylik. O‘sha chempionlik unga shu qadar ilhom ulashganki, bir yildan so‘ng Osiyodagi mundialda terma jamoasi bilan shu natijani takrorlagan. 1998 yilgi alam uning ich etini yeb kelardi.

Jahon chempioni bo‘lgach "Milan"ga o‘tdi. YECHL g‘olibi bo‘lgan "Milan" 2005 yilgi finalni uzoq vaqt eslaydi. "Liverpul" bilan kechgan o‘yinda Kafu 120 daqiqa maydonda edi.

2006 yilgi jahon chempionati Braziliya uchun omadsiz yakun topgach, yangi murabbiy Dunga Kafu va boshqa qariya futbolchilarni chaqirmay boshladi. Tabiiyki, qahramonimizning so‘nggi kunlari yetib kelayotgan edi. Ammo chempion bo‘lib yashagan Kafu oxiri YECHLni ham zabt etib, keyin faoliyatiga yakun yasadi. Natijada u borgan joyida chempion bo‘lish bilan birga, o‘ynagan barcha turnirlarida g‘olib bo‘lib ketdi. Yengilmas Kafu faoliyati istalgan ertak kitoblaridan joy olishi mumkin – yosh avlodga o‘rnak o‘laroq...

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:19, 07.06.2020.
O'qildi: 3983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.