Germaniyaning "RB Leypsig" klubi prezidenti Oliver Mintslaff jamoa hujumchisi Timo Verner "Chelsi" klubiga 60 million yevro evaziga o‘tayotganligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Hali hech qanday bitim tuzilmadi. Biz bilan hech kim aloqaga chiqmadi. Hozircha na Timo Verner, na klub hech kim bilan bitim imzolamadik. Bizning bu borada aytadigan gapimiz yo‘q, bu haqda fikr yuritishni istamaymiz, — dedi klubi prezidenti Sky Germany bilan suhbatda.