Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Chelsi» 7 futbolchisi bilan xayrlashadi. Nomzodlar aniq

«Chelsi» 7 futbolchisi bilan xayrlashadi. Nomzodlar aniq

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi yozgi transferlar oynasida katta o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchi.

Express nashning xabar qilishicha, «ko‘klar» biryo‘la yetti nafar futbolchisi bilan xayrlashishni rejalashtirgan. London klubi «Atletiko»ning hujumchi Alvaro Morata transfer huquqini sotib olishiga ishonmoqda. Bundan tashqari, «Tottenhem» qiziqish bildirayotgan Kurt Zumani ham sotish maqsad qilingan.

Klub rahbariyati transfer byudjetini Tiemu Bakayoko, David Dzappakosta va Mishi Batshuayini boshqa jamoalarga qo‘yib yuborish orqali muvozanatga keltirmoqchi. Shuningdek, «aristokratlar» himoyachilar — Markos Alonso va Emerson bilan ham xayrlashmoqchi.

Avvalroq London klubining «Leypsig» hujumchisi Timo Verner transferi borasida kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

«Chelsi» Angliya Premyer Ligasining 29-turdan keyin 48 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallab turibdi. Liga bahslari 17 iyundan restart oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:25, 08.06.2020.
O'qildi: 9715 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик