Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

La Liga qaytmoqda, chempionlik qaysi jamoaga nasib etadi: «Real» yoki «Barselona»?

La Liga qaytmoqda, chempionlik qaysi jamoaga nasib etadi: «Real» yoki «Barselona»?

Baho:
+ | -

Koronavirus tufayli mart oyining ikkinchi yarmida to‘xtab qolgan La Liga bahslari 11 iyun, payshanba kunidan restart oladi.

«Sevilya» — «Betis»

Mavsum «Sevilya» va «Betis» o‘rtasidagi Sevilya derbisi bilan davom etadi. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun jiddiy kurash olib borayotgan Xulen Lopetegi shogirdlari noqulay bo‘lgan raqib bilan kuch sinashadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs doimo keskin kurash va gollarga boy bo‘lishi bilan ajralib turadi. Mazkur to‘qnashuvda so‘nggi bor 2015 yilda nursiz durang qayd etilgan, shundan keyin har bir bahsda darvozalar ishg‘ol qilib kelinadi.

Birinchi davradagi bahsda «Sevilya» safardan uch ochko bilan bilan qaytgandi (2:1). O‘zaro o‘yinlardagi ustunlik «Sevilya» tomonida — 55 g‘alaba, «Betis» esa 34 bor muvaffaqiyatga erishgan.

«Malyorka» — «Barselona»

Kike Setyen shogirdlari mavsum restartini o‘rtamiyona jamoaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Birinchi davrada katalon klubi «Malyorka»ga imkon qoldirmagandi (5:2). «Barselona» mazkur turga kelib «Real»ni ikki ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. Biroq oldinda «ko‘k-anorranglilar»ni madridliklarga qaraganda qiyinroq taqvim kutib turibdi. Shu sabab yo‘qotilgan har bir ochko chempionlik masalasini xavf ostida qoldirishi mumkin.

O‘zaro o‘yinlardagi ustunlik tabiiyki «Barselona» tomonida, katalonlar 23 bor g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan, bor-yo‘g‘i yettita o‘yinda imkoniyatni boy bergan va 5 o‘yinda durang qayd etilgan. «Barselona» so‘nggi bor «Malyorka»ga 2009 yilning may oyida mag‘lub bo‘lgan. Shundan keyin jamoalar 9 bor to‘qnash keldi va ularning sakkiztasida «Barsa» g‘alabani tantana qilgan.

«Atletik Bilbao» — «Atletiko»

Yozda o‘z tarkibida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirgan madridliklar joriy mavsumda barqaror o‘yin namoyish qila olmayapti. Diyego Simeone shogirdlari 27-turdan so‘ng 45 ochko bilan 6-o‘ringa joylashgan, biroq ularni 3-pog‘onadagi «Sevilya» bilan ikki ochko ajratib turibdi.

Mavsumni yomon boshlamagan bilbaoliklarda qish oylarida juda kuchli pasayish yuzaga keldi. Jamoa dekabr boshidan fevral oxirigacha Primera doirasida faqat bitta o‘yinda g‘alaba qozondi. Ammo karantindan avvalgi ikkita turda «Atletik» uzoq davom etgan g‘alabasiz seriyasi nuqta qo‘ya olgandi.

«Real» — «Eybar»

Koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffus Zinedin Zidan uchun ayni muddao bo‘ldi. Sababi mart oyida «Real» bir qator yetakchilari, xususan, Eden Azar xizmatidan foydalana ololmayotgan edi. Mart oyi boshida «Barselona»ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgan «Real» musobaqa jadvalida yetakchiga aylanib olgandi, biroq karantin arafasidagi turda «Betis»dan uchralgan mag‘lubiyat jamoani ikkinchi o‘ringa tushirib yubordi. «Real» «Bernabeu»dagi ta’mirlash ishlari sabab, ushbu o‘yinni o‘zining zaxira stadioni hisoblangan «Alfredo di Stefano»da o‘tkazadi.

Ushbu jamolar jami 13 bor o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning o‘ntasida Madrid klubining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, «Eybar» faqat bir o‘yinda zafar quchgan. Qizig‘i bu jamoalar ishtirokidagi o‘zaro o‘yinlarda birorta nursiz o‘yin yo‘q va har bir o‘yinda eng kamida ikkita gol uriladi.

La Liga, 28-tur bahslari

11 iyun, payshanba
«Sevilya» — «Betis» 01:00

12 iyun, juma
«Granada» — «Xetafe» 22:30
«Valensiya» — «Levante» 01:00

13 iyun, shanba
«Espanyol» — «Alaves» 17:00
«Selta» — «Vilyarreal» 20:00
«Leganes» — «Valyadolid» 22:30
«Malyorka» — «Barselona» 01:00

14 iyun, yakshanba
«Atletik B» — «Atletiko M» 17:00
«Real Madrid» — «Eybar» 22:30
«Real Sosyedad» — «Osasuna» 01:00

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:00, 11.06.2020.
O'qildi: 5304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.