Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Olim Shokirov: "Minimal vazifamiz - JCHga yo‘l olish"

Olim Shokirov: "Minimal vazifamiz - JCHga yo‘l olish"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Shokirov poytaxtimizdagi "Chig‘atoy" bazasida 5 iyundan boshlangan mashg‘ulotlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Aslida mashg‘ulotlarni boshlash uchun 15 mart kuni yig‘ilgan edik. Lekin, yurtimizda karantin e’lon qilinganligi sababli, mashg‘ulotlarni to‘xtatib turishga majbur bo‘ldik. Lekin, shunga qaramasdan, shogirdlarim 2,5 oy mobaynida uy sharoitida mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi. Yaqinda yurtimizda karatin qoidalariga amal qilgan holda, mashg‘ulotlarga ruxsat berilgach, shogirdlarimni "Chig‘atoy" bazasiga yig‘dik va barchasini boshidan boshlayapmiz. Karatindan avvalgi rejalarimiz buzilganidan keyin, hozir yangi reja tuzishga majbur bo‘ldik. Rejamizga asosan Ozarbayjon o‘smirlar terma jamoasi bilan Boku shahrida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, avgust oyida Xorvatiya o‘smirlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni maqsad qilgandik. Ammo, bu uchrashuvlar hozircha so‘roq ostida turibdi. Chunki, aeroportlarga qachon ruxsat beriladi, Ozarbayjon, Xorvatiyalarda vaziyat qanaqa, shular hozircha noma’lum bo‘lib turibdi. Biroq, reja bo‘yicha Halqaro uchrashuvlar oldimizda turibdi, bularni hammasini reja asosida tuzganmiz. Bularni hammasini vaqt ko‘rsatadi.

Mashg‘ulotlarda asosan urg‘uni to‘p bilan muomila qilishga va o‘yinni o‘z nazoratimiz ostiga olishga beryapmiz. Raqiblarga qarab o‘yin uslubimizni o‘zgartirib turish bizning rejamizga kirgan. Eng asosiysi, biz hujumkor o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. Hozirda bizning eng minimal maqsadimiz - Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. Bu vazifani O‘FA bizning oldimizga qo‘ygan. JCHga yo‘llanma olish shogirdlarim uchun tajriba vazifasini o‘tab beradi" - dedi o‘smirlarimiz terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Shokirov.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyundan boshlangan mashg‘ulotlarda 25 nafar futbolchi ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 15:14, 13.06.2020.
O'qildi: 3857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик