Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Xayrulla Hamidov maqolasi: Zlatan va Ronaldu o‘rtasidagi yulduz

Xayrulla Hamidov maqolasi: Zlatan va Ronaldu o‘rtasidagi yulduz

Baho:
+ | -

Telegram kanalimda futbolga aloqador mashhur insonlarning tavallud sanalari xususida ma’lumotlar berib boryapman va ba’zan to‘xtab qolsam, muxlislarimiz “falon futbolchi qolib ketdi, nega bermadingiz?” deb so‘rab qolishadi. Har kuni maqola yozish qiyin, shu bois gohi to‘xtab qolishim bor gap.

Ammo bugun yashil maydonda javlon urayotgan yigitni eslab o‘tmasligim noto‘g‘ri bo‘ladi. 1983 yilning 14 iyuni qahramonimiz uchun muhim sana. Demakki, 37 bahorni qarshi olmoqda. Zlatandan ikki yosh kichik, Ronaldudan ikki yosh katta. Demoqchimanki, ana shu  futbol daholaridan kam emas uning muxlislari mamlakatimizda.

Ko‘p jamoalarda o‘ynamagan, ammo jamoadan jamoaga o‘tar ekan, kuchli jihatlarini oshirib boravergan. Mukammallik sari odimlayveradi. Shu xarakteri hurmatga loyiq. Shuningdek, hech-da qizil kartochka olmagan. Odobli. Raqib jamoa vakillari orasida ham e’zozda. Hech qachon maydonda janjal chiqarmaydi. Iloji bo‘lsa, o‘sha noqulay vaziyatni to‘xtatishga, o‘yinni davom ettirishga harakat qiladi.

Jamoasining sardori, lideri. Ikki oyoqda yaxshi o‘ynaydi, bosh bilan esa, alohida mavzu. Bosh bilan o‘ynashi kuchayganidan mana shu – liderlik xususiyatlariga ega bo‘lib ulgurgan.

Bugun u 37ga kirdi. Hamma birdek hurmat qiladigan va yaxshi ko‘radigan inson — hamkasbim, yelkadoshim va bugungi kunda sharhlovchilar ichida liderga aylangan Davron Fayziyev. Oilasi baxtiga salomat bo‘lsin, neki yaxshi tilaklar bo‘lsa, unga ilindik.

Darvoqe, bugun sharhi bor: “Real” ishtirokidagi o‘yin. Futbol ichiga kirgan odam borki, kun tanlay olmaydi. Omad. Bugungi sharhiga ham, kelajakdagi ishlariga ham.

“Di Stefano” o‘yingohida ko‘rishguncha!

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 14:40, 14.06.2020.
O'qildi: 7566 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.