Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Temur Kapadze: «Hujumkor va himoyaviy o‘yinni uyg‘unlashtirishga harakat qilaman»

Temur Kapadze: «Hujumkor va himoyaviy o‘yinni uyg‘unlashtirishga harakat qilaman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Osiyo futbol konfederasiyasi rasmiy saytiga intervyu berdi.

18 iyun, payshanba kuni Kuala Lumpur shahrida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bosqichiga qur’a tashlanadi. Musobaqa esa shu yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda o‘tishidan xabaringiz bor.

"O‘yinchi sifatida uzoq davom etgan muvaffaqiyatli faoliyatimdan keyin men o‘z tajribam va bilimlarimni yosh o‘yinchilarga beryapman. Umid qilaman, bu ularga foyda beradi. Albatta, men hujumkor o‘yin tarafdoriman, lekin bu biz faqat hujum qilishimizni anglatmaydi. Bu narsa o‘yinchilarning texnikasi va mahoratiga ham bog‘liq.

O‘ylashimcha, jamoamda taktik va texnik jihatdan kuchli futbolchilar bor. Shuning uchun hujumkor va himoyaviy o‘yinni uyg‘unlashtirishda muammoga duch kelmasam kerak. Biz musobaqa mezboni sifatida unda g‘olib chiqishni istaymiz", — dedi Kapadze.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘tgan haftada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlagan bo‘lsa-da, koronavirus pandemiyasi tufayli jamoaning o‘rtoqlik o‘yinlari bekor qilindi. Shunga qaramay, mutaxassis 4 oydan keyin boshlanadigan musobaqada jamoa yuqori formaga kirishiga ishonmoqda.

"O‘tgan haftada mashg‘ulotlarni boshladik. Yoshlar (U19) o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga ideal tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqtga egamiz. Koronavirus tufayli ko‘p rejalarimiz o‘zgarib ketdi. Jumladan, xorij jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari bekor qilindi. Shuning uchun mahalliy klublar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Shunga qaramay, agar imkoniyat yuzaga kelsa, avgust-sentyabr oylarida xorij termalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkillashtiramiz", — dedi o‘zbekistonlik mutaxassis.

O‘zbekiston yoshlar jamoasi yetakchilaridan biri Jasur Jaloliddinov hisoblanadi. Kapadze 18 yoshli futbolchi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Milliy jamoalarimiz safida hamisha iqtidorli o‘yinlar o‘ynagan. Shuning uchun O‘zbekiston U19 safiga ularning ayrimlari taklif etilgan. Albatta, Jasur Jaloliddinov o‘zining hozirgi formasi bilan xursand qilmoqda. Biz uni "Bunyodkor" safidagi o‘yinlarini kuzatib boryapmiz.

Shuningdek, Hojimat Erkinov ham bizning muhim o‘yinchilarimizdan biriga aylanmoqda. U o‘tgan mavsumda o‘z klubi safida juda yaxshi o‘ynadi. U mavsum oxiriga borib yaxshi formada bo‘lishiga umid qilaman", — dedi Temur Kapadze.

Manba: the-afc.com
Kiritildi: 19:56, 16.06.2020.
O'qildi: 5095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.