Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: "Surxon" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi Qo‘qon shahriga ko‘chirildi

Rasman: "Surxon" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi Qo‘qon shahriga ko‘chirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Surxondaryo viloyatdagi epidimiologik vaziyat va koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, joriy yilning 16-iyun sanasidan Termiz shahriga kirish – chiqish to‘xtatildi va karantin choralari kuchaytirildi. Shuningdek, Termiz shahri Respublikamizning "qizil" hududiga aylandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Surxon" futbol klubi O‘zPFLga ushbu o‘yinni ko‘chirish bo‘yicha yozma ravishda murojaat qildi. O‘zbekiston Professional ligasi viloyatdagi vaziyatdan kelib chiqib, 2020 yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvini Qo‘qon shahriga ko‘chirdi.

Ikkinchi davra doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Surxon" uchrashuvi esa Termiz shahriga ko‘chirildi!

"Surxon" PFK matbuot xizmati

Kiritildi: 17:52, 18.06.2020.
O'qildi: 3750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.