Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

La liga. «Barselona» Andalusiyada ochko yo‘qotdi

La liga. «Barselona» Andalusiyada ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida «Barselona» klubi safarda «Sevilya» mehmoni bo‘lib, muhim ochkolardan mahrum bo‘ldi.

Butun o‘yin davomida kataloniyaliklar tezkorlik va tajovuzkorlik yetishmadi. Ular to‘pni nazorat qilishdi, raqibning xato qilishini kutishdi, ammo mezbonlar xatoga yo‘l qo‘yishmadi.

Aksincha, andalusiyaliklar qarshi hujumlarda aniqroq harakat qilishganida yoki ba’zi vaziyatlarda Ter Shtegen qutqarmaganida "Barsa" ikki emas, uch ochkodan ham mahrum bo‘lishi mumkin edi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi. Bu esa "Real"ga qo‘l kelishi mumkin. Endi grandlar orasidagi farq 3 ochkoni tashkil qilmoqda. "Madrid" ushbu turda "Real Sosyedad"ni mag‘lub etsa, o‘zaro o‘yniga ko‘ra 1-o‘ringa ko‘tariladi.

Ispaniya La ligasi, 30-tur
Sevilya – Barselona 0:0 (0:0, 0:0)
Sevilya – Vaslik, Kunde, Regilon, Diyego Karlos, Navas, Jordan (Gudel, 69), Fernando, Oliver Torres (Banega, 46), Okampos (Vaskes, 84), de Yong (En-Nesiri, 69), Munir (Suso, 59).
Barselona – ter Stegen, Pike, Langle, Alba, Semedu, Vidal (Grizmann, 77), Buskets, Rakitich (Puch, 88), Suares, Breytueyt (Artur, 63), Messi.
Ogohlantirishlar: Regilon (26), Pike (39), Buskets (45), Fernando (45), Banega (62).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:04, 20.06.2020.
O'qildi: 5984 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик