Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Mirzohid G‘ofurov: “Muxlislar daldasini his qilib o‘ynaymiz”

Mirzohid G‘ofurov: “Muxlislar daldasini his qilib o‘ynaymiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga 5-turi doirasidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Buxoroning “Buxoro” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur o‘yin oldidan “lochinlar”ning tajribali himoyachisi Mirzohid G‘ofurov uchrashuvdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Superliga bahslarining qayta boshlanganligi yaxshi bo‘ldi. Barcha futbolni sog‘ingandi.
Shu sababli, har bir o‘yin keskin kurashlar ostida kechmoqda.

Bunga restartdan keyingi uchrashuvlar natijasi ham yaqqol misol. Axir, o‘tgan turda “ Lokomotiv”ning o‘z maydonida “Metallurg”dan yirik hisobda (0:3) mag‘lubiyatga uchrashi, shuningdek,kechagi “Paxtakor” bilan bo‘lgan o‘yinda “Bunyodkor”ning o‘z darvozasidan 5ta to‘p o‘tkazib yuborishini kim ham o‘ylabdi, deysiz?

Jamoamiz esa o‘tgan turda Qarshidagi uchrashuvda ayrim kichik xatolar evaziga g‘alabani qo‘ldan boy berdi.

Shu bois, bugungi bahsda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz.
To‘g‘ri, hozirda butun dunyoda tarqalgan pandemiya sababli, ishqibozlarsiz to‘p tepishga majburmiz. Uyda ham, safarda ham ularning daldasini his qilib o‘ynaymiz. Qayerga bormaylik, jonkuyar muxlislarimiz doim biz bilan birga bo‘lishardi. O‘ylaymanki, teleekran ortida sanoqsiz muxlislar bizni olqishlab turishadi.

“Navbahor”ning maqsadi chempion bo‘lish. Keyingi mavsumda OCHLda o‘ynashni xohlaymiz. “Navbahor” o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan jamoa.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:55, 20.06.2020.
O'qildi: 1985 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.