Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Beyli APL nishonida

 

Leverkuzenning “Bayer” jamoasi vingeri Leon Beyli uchun kurash tobora qizg‘in ko‘rinish olmoqda.

Bild nashrining ma’lum qilishicha, yamaykalik hujumchi bilan APLning bir nechta grand jamoalari qiziqib qolgan. Manbada yozilishicha, Beyli bilan “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” shartnoma imzolamoqchi.

Nemis klubi o‘z futbolchisini 70 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma 2023-yilga qadar tuzilgan.

“Chelsi” Jorjinyo sotadimi?

 

Londonning “Chelsi” klubi Jorjinyo borasida yakuniy qarorga keldi.

“Sky Sports” nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi”futbolchini yozda qo‘yib yubormoqchi emas. Shu sababli, unga ikkinchi imkonni berishga qaror qildi.

Manbada yozilishicha, shu sababli “Chelsi” “Yuvuyentus” tomonidan Jorjino borasida kelib tushgan taklifni rad etmoqda.

“Portu” uning narxini e’lon qildi

 

Portugaliyaning “Portu” jamoasi yetakchisi Xesus Korona grand jamoalardan biri safini to‘ldirishi kutilmoqda.

“A Bola” nashrining ma’lum qilishicha, “ajdarlar” o‘z futbolchisini sotib yuborishga tayyor, biroq uning transferidan 30 million yevro ishlab olishni reja qilmoqda.

Manbada yozilishicha, yozda yarim himoyachi bilan “Everton”, “Vulverhempton” klublari shartnoma tuzish ilinjida.

Eslatib o‘tamiz, transfermarket nashri uni 20 million yevroga baholamoqda.

Luis “Arsenal”dan ketadimi?

 

Londonning “Arsenal” jamoasi himoyachisi David Luis 30 iyun sanasidan so‘ng, boshqa “koninirlar” sharafini himoya qilmasligi mumkin. Uning “Siti” bilan o‘yinda olgan qizil kartochkasi sababli 3 ta o‘yinda ishtirok etish huquqidan mahrum qilmoqda.

The Guardin nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Luiz klub bilan shartnoma imzolamoqchi emas. Shu sababli, uning uchun mavsum yakunlandi hisob.

Manbada yozilishicha, 33 yoshli himoyachi Braziliya chempionati klublaridan biri bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda.

“Milan” futbolchisi e’tibor markazda

 

Milanning “Milan” jamoasi yarim himoyachisi Ismoil Bennasir yozda top klublardan biriga o‘tishi mumkin.

TMW nashrining ma’lum qilishicha, 22 yoshli jazoirlik futbolchi uchun PSJ va “Manchester Siti” jamoalari kurash olib bormoqda.

Manbada yozilishicha, Bennasirning tavon puli 50 million yevroni tashkil etmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:04, 20.06.2020.
O'qildi: 7679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик