WhoScored nashri Bundesliganing 33-tur ramziy terma jamoasini taqdim etdi. Turning eng yaxshi futbolchisi deb "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski topildi. U "Frayburg"ga qarshi o‘yinda 2ta gol urgan edi.
Ramziy terma jamoa:
Darvozabon: Burki («Borussiya» D);
Himoyachilar: Baku («Mayns»), Xyubner («Xoffenxaym»), Xummels («Borussiya» D), Bensebaini («Borussiya» M);
Yarim himoyachilar: Lukebakio («Gerta»), Boetyus («Mayns»), Shtindl («Borussiya» M), Kunya («Gerta»);
Hujumchilar: Xoland («Borussiya» D), Levandovski («Bavariya»).