Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Asror Aliqulov: “Turon” menda iliq taassurot qoldirdi"

Asror Aliqulov: “Turon” menda iliq taassurot qoldirdi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Buyilgi futbol mavsumida o‘z oldiga Superligaga qaytishni maqsad qilgan G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi ilk rasmiy uchrashuvni g‘alaba bilan boshladi. Asror Aliqulov shogirdlari “Turon” maydonida kechgan murakkab bellashuvda durang natija qayd etishdi va penaltilar seriyasida muvaffaqiyatli harakat qilishdi. Uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi o‘yin borasida muxtasar o‘z fikrlarini bayon etdi:

"Eng avvalo mezbonlarga tashkiliy masalalarda juda yaxshi harakat qilganliklari, jamoamizni kutib olish va barcha jabhada bizga sharoit yaratib berganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. “Turon” jamoasi futbolchilarining harakatlari va umuman olganda “O‘zbekiston” stadionida yaratilgan infrotuzulma har qanday futbol muxlisi va mutaxassislarida iliq taassurotlar uyg‘otadi. Yurtimizda yana bir o‘ziga xos va kuchli jamoa vujudga kelgani juda ham quvonarli holat.

Endi bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, uzoq tanaffusdan keyingi mavsumning birinchi uchrashuvi, qolaversa safarda to‘p surishimiz ham dastlabki daqiqalarda biroz noqulayliklar tug‘dirdi. Chunki stadion chimi yaxshi bo‘lsa-da, biz G‘uzordagi o‘z maydonimizga ko‘nikib qolganmiz. To‘liq moslashib olishimizgacha biroz vaqt ketdi.

Shogirdlarimning harakatlaridan ko‘nglim to‘ldi. Ular barcha ko‘rsatmalarni bajarishdi. To‘g‘ri, ilk daqiqalarda biroz hayajon bilindi. O‘yinimiz unchalik qovushmadi. Keyin esa hammasi o‘z iziga tushib ketdi. Quvonarli tomoni shundaki, tarkibimizdagi tajribali futbolchilar bilan yoshlarning harakatlari uchrashuv davomida uyg‘unlashib ketdi.

Mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelgan edik. “Turon” jamoasining namanganliklar bilan o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvini tahlilqildik. Xullas, raqibni imkon qadar o‘rganishga erishdik.

Penaltilar seriyasini ko‘pincha lotoreyalar bahsiga qiyoslashadi va omad kelishiga umid qilishadi. Nima bo‘lganida ham bugun g‘alaba qozondik. Yutuq esa har doim yoqimli bo‘lgan.
Navbatdagi bosqichga ham jiddiy hozirlik ko‘ramiz. “Neftchi” kuchli raqib, farg‘onaliklarni hurmat qilamiz. Lekin oldimizga O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichiga chiqish va zafarli yurishimizni yanada davom ettirish maqsadi qo‘yilgan. Buning uchun esa albatta, g‘alaba uchun o‘yinaymiz", -dedi murabbiy.

“Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati bo‘limi

Kiritildi: 17:58, 24.06.2020.
O'qildi: 3493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.