Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Bunyodkor» - «Lokomotiv». Toshkent derbisi oldidan muhim faktlar

«Bunyodkor» - «Lokomotiv». Toshkent derbisi oldidan muhim faktlar

Baho:
+ | -

Bugun Coca Cola Superligasining 6-tur bahslariga start beriladi.

— Karantindan so‘ng dastlabki ikki turda mag‘lubiyatga uchragan «Lokomotiv» safarda «Bunyodkor» mehmoni bo‘ladi. Turnir jadvalida «Bunyodkor» 9 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. «Loko» hisobida esa 6 ochko bor va «temiryo‘lchilar» 10-o‘rinda borishyapti.

— O‘tgan ikki turda «Bunyodkor» ikki xil natija qayd etdi. Vadim Abramov shogirdlari dastlab «Qo‘qon-1912» ustidan 1:0 hisobida zafar quchib, so‘ngra «Paxtakor»ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

— «Lokomotiv» esa kutilmaganda oxirgi ikkala o‘yinda yutqazib qo‘ydi. Andrey Fyodorov shogirdlari «Metallurg» bilan kechgan bahsda 0:3 va «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

— Mavsum boshidan beri «Bunyodkor» uchta o‘yinda g‘alaba qozondi. «Qaldirg‘ochlar» o‘z uylarida «Mash’al» va «Qo‘qon-1912» hamda safar bahsida «Surxon»ni mag‘lub etishdi.

— «Loko» hisobida hozircha ikkita g‘alaba bor. Jamoa karantingacha o‘z maydonida «Andijon» va «Navbahor»ni mag‘lub etgandi. Bugungi o‘yinda jamoalar imkoniyatini teng baholasa bo‘ladi. Bugun Vadim Abramov sobiq jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

P.S. Soat 20:15da boshlanadigan uchrashuvni «Sport» telekanalida to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib boring.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 15:59, 25.06.2020.
O'qildi: 2770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик