Stadion.uz turli sabablarga ko‘ra, butsalarini mixga erta ilgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.
Anatoliy Bisheves
Bugungi ro‘yxatimizni Sobiq ittifoq va Yevropa futbolining eng iqtidorli vakili ochib beradi. 23 yoshga qadar 3 marotaba Sobiq Ittifoq davlatining eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan Bishevesning kelajagi buyuk ekanligiga hech kim shubha qilmagan edi. Yosh bo‘lishiga va katta raqobatga qaramay milliy jamoa libosida 15 ta gol kiritgan futbolchi 23 yoshida tizzasidan og‘ir jarohat oladi. Aynan shu jarohat uni uzoq muddatga futboldan ketishiga sabab bo‘ladi. Bir yildan so‘ng, Anatoliy yana katta futbolga qaytdi, biroq avvalgi darajasiga chiqa olmadi. Uzoq vaqt jarohatga qarshi kurashgan futbolchi 27 yoshida taqdirga tan berdi va futboldan butkul ketdi.
Sebastian Daysler
Yangi asr boshida eng iqtidorli nemis futbolchisi deb e’tirof etilgan Daysler ham barchasiga erta nuqta qo‘yishga majbur bo‘lganlardan. 2002-yilda bo‘lib o‘tgan JCHda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan 18 yoshli Sebastian kutilmaganda jarohar oladi va JCHni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi. Aynan o‘sha jarohat surunkali tarzda davom etdi va bechora futbolchi 27 yoshga qadar atigi 50 ta o‘yin o‘tkazdi xolos. Achinarlisi shundaki, Daysler o‘zi istasa ham maydonga tusha olmagani bois, ruhiy kasallar shifoxonasiga tushib qoladi. Ruhshunoslarning yordami bilangina futbolchi yana jamiyatga qaytadi. Barchasini yaxshi anglagan futbolchi, yelkasini bosib turgan yukdan qutilish maqsadida futbolni tark etadi.
Marko Van Basten
“Milan” va “Ayaks” klubining tirik afsonasi 14 yoshida tizzasidan og‘ir jarohat oladi. Aynan shu jarohat uni butun faoliyati davomida taqib etadi. Futbolga bo‘lgan mehri sababli, Marko og‘riq bilan ham uchrashuv o‘tkazaveradi. Hammasidan charchagan gollandiyalik futbolchi 29 yoshida butsalarini mixga ilgan bo‘lsada, bu uning afsonaviy futbolchiga aylanishiga to‘sqinlik qilgani yo‘q. 3 ta “oltin to‘p”, ikkita YECHL oltin medali va Yevropa chempionligi. Bu sovrinlar uning nomini futbol tarixiga oltin xarflar bilan bitib ketgan desak, adashmagan bo‘lamiz.
Tostao
Braziliyaning uzoq o‘tmishdagi super yulduzlaridan biri. Bir necha bor qit’a birinchiligida g‘olib chiqqan Tostao “Selesao” uchun qisqa fursatda 35 ta gol kiritgan bo‘lib, “Kruzero” klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. 1970-yilda bo‘lib o‘tgan JCHda g‘olib chiqqan futbolchi 21 yoshida ko‘zidan(futbolchilarda kam uchraydigan xolat) jarohat oladi. Yaqin masofadan zarb bilan tepilgan to‘p futbolchining ko‘z qismini jarohatlaydi. Shunga qaramay qahramonimiz to‘p tepishda davom etadi, biroq uning ko‘rish qobiliyati pasayib boraveradi. Oqibatda, shifokorlar qistovi sababli Tostao 26 yoshida butsalarini mixga ilishdan boshqa chora topa olmaydi. E’tiborlisi shundaki, braziliyalik futbolchi katta futboldan ketgan bo‘lsada, sport jurnalisti sifatida muvaffaqiyatli ish olib boradi.
Mattias Zammer
Nemis futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan Zammer ham o‘zi istamagan holda futbol bilan xayrlashganlar sirasiga kiradi. U shofkorlarning qo‘pol xatosi bo‘lmaganida, kutilganidan ham ko‘proq narsaga erishishi mumkin edi. Erkin himoyachi bo‘lishiga qaramay, “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan futbolchi jarrohlik stoliga yotadi. Uni operatsiya qilish chog‘ida shifokorlarning xatosi bilan uning qoniga infeksiya tushadi. Keyinchalik, futbolchi bir necha bor katta futbolga qaytishga urungan bo‘lsada, sog‘lig‘i pand beradi. Oqibatda, 30 yoshida taqdirga tan berishdan boshqa chora topa olmaydi.
Uli Xennes
“Bavariya” tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri Uli Xennes ham futbolda o‘z so‘zini to‘liq ayta olmaganlar sirasiga kiradi. Vaholanki, u “Bavariya” bilan naqd 3 bor YECHLda zafar quchgan. E’tiborlisi shundaki, Uli “bundestim” bilan Yevropa va Jahon chempionatlarida g‘olib chiqqan.Xennes o‘zini to‘liq “Bavariya”ga bag‘ishlagan patriot. “Lids”ga qarshi YECHK kubogi final uchrashuvida ortirilgan og‘ir jarohat sababli Xennes juda qiyin vaziyatda qoladi. Shifokorlar futbolchini yana maydonga qaytargan bo‘lsada, Uli o‘zini avvalgi darajada emasligi his qilgadi va 27 yoshida futboldan voz kechadi. Ruhan qattiq zarbaga uchragan futbolchini chalg‘itish maqsadida “Bavariya” klubi uni o‘z sferasiga ishga taklif qiladi va Xennes uzoq vaqt “Bavariya” klubida menenjer sifatida faoliyat olib boradi.
Xidyatoshi Nakata
Osiyo futbolining yuzi va yangi asr boshidagi eng kuchli futbolchilardan biri ham kutilganidan ancha ertaroq muxlislarni ranjitgan. Yapon futbolining tirik afsonasi birinchilardan bo‘lib o‘z mamlakati futbolchilarini Yevropada to‘p surishga qodir ekanligini isbotlab bergan. Aynan uning ishonchli o‘yinlari sababli osiyolik futbolchilar Yevropada ko‘rinish berishni boshlagan desak, adashmagan bo‘lamiz. Italiyaning grand klublarida to‘p surganiga qaramay, Nakata 29 yoshida o‘zini boshqa kasbda sinab ko‘rishga qaror qiladi. Uni bir nechta APL klublari o‘z safida ko‘rishni istayotgan bo‘lsada, futbolchi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni avzal ko‘radi. Turli reklama roliklarida ko‘rinish berayotgan mashhur futbolchining aslida nima uchun futbolni tark etgani haligacha sir bo‘lib kelmoqda.
Ruben De La Red
Ispaniyalik futbolchi tez orada super yulduz darajasiga chiqishi tahmin qilingan edi. 2008-yilda Ispaniya bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Ruben o‘sha yilning oktyabr oyida yuragi bezovta qilgani uchun shifoxonaga tushib qoladi. Rubendan avvalroq boshqa bir ispaniyalik futbolchi Antonio Puyerta yurak hastaligi bois maydonda olamdan o‘tgani bois, De La Red tavakkal qilishni istamaydi va 23 yoshida taqdirga tan beradi. Futboldan o‘zi istamgan holda xayrlashgani bois, ispanmuxlislariyarim himoyayaini qo‘llab-quvvatlashadi. Shu sababli, sobiq futbolchi tushkunlikdan tezda chiqib murabbiylikda o‘zini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Bugungi kunda u “Real Madrid” akademiyasida yordamchi murabbiy sidatida faoliyat olib bormoqda.