Kirish Ro'yxatdan o'tish

Muhsin Muhammadiyev: "Biz endi mavsumga kirishib boryapmiz"

Muhsin Muhammadiyev: "Biz endi mavsumga kirishib boryapmiz"

Baho:
+ | -

"Nasaf" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng "Buxoro" bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyev o‘z fikrlari bildirib o‘tdi:

"O‘yin judaham og‘ir o‘tdi, katta ustunlik "Nasaf" jamoasida bo‘lib, ular tomonidan ko‘plab vaziyatlar sodir etildi. Lekin, bizning yigitlar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni qiyin bo‘lishiga qaramay a’lo darajada bajarishdi. "Nasaf" futbolchilari menimcha uzoq tayyorgarlik ko‘rishgan mashg‘ulotlarda, afsuski bizda bunday imkoniyat yo‘q edi. Biz endi endi mavsumga kirishib boryapmiz, mavsumning tezda boshlanib ketishi bizda ozgina muammoli o‘tyapti. Afsuski bugun, Bexruz Shodmonov jarohat olib maydonni vaqtli tark etdi. Bu biz uchun qayg‘uli holat.
Shu fursatda barcha futbolchilarimga oxirigacha mardonavor kurashganlari uchun o‘z tashakkurimni bildiraman. Safardan ochko bilan qaytishimiz, bizni xursand qilmasdan qo‘ymaydi. Sekin asta kuchayib boramiz. Hammaga rahmat", -dedi murabbiy.

Kiritildi: 23:44, 26.06.2020.
O'qildi: 2458 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик