Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Prevyu: Yengilmas jamoalar qarama-qarshiligi

Prevyu: Yengilmas jamoalar qarama-qarshiligi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati doirasida 2008 yildan buyon davom etayotgan qarama-qarshilik: AGMK - "Nasaf" to‘qnashuvida 27-bellashuv.

Hozirga qadar o‘tkazilgan 26 uchrashuvda jamoamiz 4 g‘alaba, 9 durang va 13 mag‘lubiyat qayd etgan. Bu borada ustunlik raqib — "Nasaf" tarafida. To‘plar nisbati ham qarshiliklar foydasida: 23-41.

Ayni paytda jamoalar chempionat turnir jadvalida deyarli yonma-yon turishibdi. AGMK yakunlangan 6-turdan keyin 14 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, "Nasaf" 12 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda.

AGMK chempionatda qatorasiga 4 o‘yindan buyon g‘alaba qozonayotgan bo‘lsa, "Nasaf" karantindan keyingi hamma o‘yinda durang o‘ynamoqda. E’tiborli tarafi, o‘tgan turda ham AGMK ketma-ket 3 durang qayd etgan "Mash’al"ni mehmon qilgandi. Bu gal ham AGMKning navbatdagi raqibi Olmaliqqa qatorasiga 3 durang qayd etgan holda tashrif aylamoqda.

Mazkur bahs shubhasiz turning eng markaziy to‘qnashuvi. Birinchidan, turnir jadvali e’tibori bilan ham bo‘lajak o‘yin ahamiyati yuqori va uchrashuv 6 ochkolik qadrga ega. Qo‘shimchasiga, joriy mavsum Superligada hozircha umuman mag‘lubiyatga uchramagan ikki yengilmas jamoalarning o‘zaro bahsida tarozi pallasi kimning foydasiga tortiladi, bu ham ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

"Nasaf" o‘tkazilgan 6 o‘yindan 3tasida g‘alaba qozongan va 3 durang o‘ynagan. "Nasaf"ning kiritgan gollariga Bobir Abdixoliqov (4), Sharof Muhitdinov (2), Marko Stanoyevich (2) va Oybek Bozorov mualliflik qilishgan.

Jamoamiz chempionatda eng kam gol (-2) o‘tkazib yuborgan jamoa sanaladi. AGMKning kiritgan gollariga Mate Vatsadze, Igor Zonich, Murodjon Toshmatov, Hojimat Erkinov, Elguja Grigalashvili va Bahrom Abduraximov mualliflik qilishgan.

AGMK O‘zbekiston milliy chempionatida o‘tkazgan 345 o‘yindan 123tasida g‘alaba qozongan, 150 mag‘lubiyat va 72 bellashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 472-503.

AGMK - "Nasaf" uchrashuvi 2 iyul kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 20:00da boshlanadi. O‘yin karantin talab va qoidalariga muvofiq tarzda tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Uchrashuvni MTRK tarmog‘idagi "Oilaviy" kanali jonli efirda namoyish qiladi.

Superliga, 7-tur
2 iyul, payshanba.
AGMK – NASAF
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Ruslan Serazitdinov, Husniddin Bahodirov, Dostonbek Rahmonov
Nazoratchi: Timur Abdullayev
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 05:16, 30.06.2020.
O'qildi: 2735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.