Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tishda davom etamiz.

Salah ketadimi?


Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Muhammad Salah o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.

“Men 30 yillik orzuning amalga oshishini his qilmoqdaman. Bu klubda juda baxtliman. “Liverpul”dagi ichki muhitdan rohat olmoqdaman. Shu sababli ketishga hech qanday sabab yo‘q deb hisoblayman. Yigitlar bilan qadrdon bo‘lib ketdik. Men klubda juda uzoq to‘p tepishni reja qilganman.”,- deb futbolchidan iqtibos keltirmoqda “beIn sports” nashri.

Eslatib o‘tamiz, Salah “Liverpul” jamoasiga 2017-yilda kelib qo‘shilgan bo‘lib, yaqin yillar ichida YECHL, APL va klublar o‘rtasidagi JCHda g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

“Chelsi”ga u kerak emas!

 

Londonning “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Frenk Lempard Bakayoko borasida so‘nggi qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, murabbiy yarim himoyachining hizmatlariga muhtoj emas va klub Temue borasidagi istalgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

“Le10sport” nashrining ma’lum qilishicha, “Lion” vaziyatdan foydalanib qolish maqsadida London klubiga taklif yuborgan. Hozircha, futbolchining o‘zi “ Lion”dan kelib tushgan taklifni rad etmoqda. U yiliga 5 million yevro maosh olishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli yarim himoyachi bu mavsumni “Monako” safida ijara asosida o‘tkazdi mavsum so‘nggida yana “Chelsi” ixtiyoriga qaytadi.

Ake ketadi!

 

Angliyaning “Bormunt” jamoasi himoyachisi Natan Ake yozda boshqa klubga o‘tishi tobora oydinlashib bormoqda.

“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, gollandiyalik futbolchi borasida “olchalar”ga “Chelsi” va “Manchester Siti” 40 million yevrolik taklif yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Natan APLning 25 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi.

Depay Londonda?

 

“Lion” jamoasi yetakchisi Memfis Depay faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Gollandiyalik futbolchining hizmatlari bilan Londonning “Arsenal” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Ingliz nashrlarning ma’lum qilishicha, “koninirlar” jamoani yozda tark etishi taxmin qilinayotgan Obomeyangning o‘rnini aynan Depay bilan to‘ldirishni reja qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Memfisning “Lion” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Fransuz klubi o‘z futbolchisini 50 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

“Real” undan voz kechdi

 

Madridning “Real” jamoasi “Renn” futbolchisi Eduardo Kamavinga bilan shartnoma tuzmaydigan bo‘ldi.

Vaholanki, fransuz klubi o‘z tineyjerining narxini 100 milliondan 80 millionga kamaytirgan edi. Klub sport direktorining ma’lum qilishicha, jamoa yozda Eduardoni o‘z safida olib qolishga qaror qilgan va uning transferini kelasi mavsumga qoldiradi.

RMC nashrining ma’lum qilishicha, “Real” Kamavinga transferini biroz ortga surishga qaror qilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:34, 02.07.2020.
O'qildi: 15918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик