Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Tachmurad Agamuradov: «Boshdan baland sakrab bo‘lmaydi»

Tachmurad Agamuradov: «Boshdan baland sakrab bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 7-turida "Lokomotiv" maydonidagi mag‘lubiyatdan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Tachmurad AGAMURADOV jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

— Umuman olganda o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda raqibga ustunlikka erishishi uchun imkoniyat bermadik. Afsuski, tarkib borasida bizda muammolar bor. Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olishmayapti, aksincha, jamoani kuchsizlantirmoqda. O‘yinning yakunida bo‘lgan vaziyatlarni inobatga olmasak, o‘yin durangga mos edi. Hechqisi yo‘q, ishlashda davom etamiz. "Lokomotiv"ni esa g‘alaba bilan tabriklayman.

— Jamoadagi asosiy kamchilik qanday?
— Sifatli futbolchilar bizga yetishmayapti. Biz qo‘l ostimizdagi futbolchilarni ishlatyapmiz. Shu boisdan uzoqqa bora olmayapmiz. Chunki boshdan baland sakrab bo‘lmaydi. Natijalarga erishish uchun shunga yarasha futbolchilar kerak.

— Restartdan keyin jamoa to‘rtinchi o‘yinda ham gol ura olmayapti.
— Qanday qilib gol ura olamiz? Ruxsatdan keyin atigi 7-8 kun mashg‘ulotlarda qatnashdik. Menimcha bunday holat deyarli barcha klublarda bo‘ldi. Ammo mening futbolchilarim jismoniy va funksional jihatdan yetarlicha tayyorgarlikka erisha olmadi. Shuningdek, futbolchilarga sovuqqonlik va mahorat ham yetishmayapti. Bu yerda biror futbolchini gapirib, uyaltirmoqchi emasman.

— Avgust oyida transferlar oynasi ochiladi. Jamoa tarkibi qanchalik darajada o‘zgaradi?
— Katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Kamida 7-8 futbolchi bilan xayrlashamiz. Ularning o‘rniga sifatli futbolchilar olamiz. Hozirgi yomon holatdan chiqib olish uchun bizga kuchli tayyorgarlikka ega futbolchilar talab qilinadi.

— Oldingizga qanday vazifalar qo‘yilgan?
— Hozirgi vazifamiz — mana shu holatdan chiqib olish. Buni uddalab olsak, mavsum davomida bizning oldimizga vazifalar qo‘yib boriladi. Aslida vazifalar doimo mavsum avvalida qo‘yilardi. Jamoa tarkibini men yig‘maganman va shu sababli ham bu borada shunday kelishib olganmiz.

Kiritildi: 15:16, 02.07.2020.
O'qildi: 2403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик