Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Umarovning supergoli «Energetik-BGU»ga BATE ustidan g‘alaba keltirdi

Umarovning supergoli «Energetik-BGU»ga BATE ustidan g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining ikkinchi davrasiga start berildi. "Energetik-BGU" klubi 16-tur doirasida BATE klubi mehmoni bo‘lib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi Shahboz Umarov asosiy tarkibga kiritilgan bo‘lsa, Jasur Yaxshiboyev bugungi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Bahsning 20-daqiqasida "talabalar" himoyachisi Svirepa ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Ammo oradan 3 daqiqa o‘tib BATE darvozasi tomon 30-35 metrlar masofadan jarima zarbasi belgilandi. Shahboz Umarov esa Roberto Karlos uslubida to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi. To‘p naq "to‘qqizlik"ka yaqin joydan to‘rga borib tushdi.

"Energetik" o‘yin oxiriga qadar ishonchli himoyalandi va g‘alabani ushlab qoldi. Umarov esa 59-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa, "Energetik" birinchi davrada Yaxshiboyevning "dubli" evaziga BATEni mag‘lub etgan bo‘lsa, bu safar Umarovning goli talabalarga g‘alaba keltirdi. Ushbu g‘alabadan keyin "talabalar" 29 ochko bilan jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endi jamoa BATEdan 1 ochko ortda qolmoqda.

Belarus chempionati, 16-tur
BATE – Energetik-BGU 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 23 Shahboz Umarov.
BATE – Chichkan, Filipenko, Filipovich (Skavish, 78), Nastich, Filipovich, Baga (Mukam, 78), Dragun, Nexaychik, Stasevich, Milich, Yablonskiy.
Energetik-BGU – Sadovskiy, Mavatu, Yudchis, Miroshnikov, Svirepa, Tve (Sovpel, 58), Nosko, Girs, Shahboz Umarov (Dias, 59), Shkurdyuk, Atemeng (Musaxanyan, 26).
Ogohlantirishlar: Svirepa (7), Tve (28), Nastich (39).
Chetlatish: Svirepa (20).

Manba: www.stadion.uz.

Шаҳбоз Умаров томонидан урилган голни телеграмдаги каналимиз орқали томоша қилишингиз мумкин.

Kiritildi: 20:01, 04.07.2020.
O'qildi: 7075 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик