Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 19:30 Buxoro 2-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford
16/03 00:45 Torino - Empoli
16/03 01:00 Jirona - Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya - Napoli
16/03 17:45 Surxon - Xorazm
16/03 18:00 Leganes - Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona - Navbahor
16/03 20:00 Roma - Kalyari
16/03 20:00 OKMK - Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted

Superliga klublari maydonlari haqida: ikki yo‘l bor

Superliga klublari maydonlari haqida: ikki yo‘l bor

Baho:
+ | -

Biz stadionlarni yoritish masalasiga e’tibor qaratishni boshladik. Mana shu havolada Coca Cola Superliga stadionlaridagi holat haqida to‘liq ma’lumot berilgan. Rejamiz bo‘yicha, 2021 yilgi mavsumda Superliga stadionlari minimum 1200 lyuksni tashkil qilishi kerak.

Yaqinda biz stadionlar maysasi yuzasidan fikr almashishni boshladik. Bunda "Navbahor", "Nasaf", "Paxtakor", "Lokomotiv", "Qizilqum" kabi stadionlar maysasini parvarish qilgan mutaxassislar O‘zPFLga tashrif buyurdi. Uchrashuvlarni kuzatayotgan bo‘lsangiz, aynan shu klublar maydoni gazoni boshqalarnikidan ajralib turadi.

Birinchi galdagi mavzu boshqa maydonlar holati haqida bordi. Bilasizmi, o‘sha "Lokomotiv", "Nasaf" yoki "Paxtakor" klublari bunday maydonlarni parvarish qilish uchun yaxshigina chiqim qiladi. Bu butun dunyoda bor narsa. Ammo afsuski, bizda maydonlar uchun mablag‘ ajratmaydiganlar yetarlicha. Legionerlar yoki boshqa xarajatlar uchun milliardlar topilishi mumkin, biroq maydon holatini ushlab turadigan texnikalar sotib olinmagan, maysalar uchun vitaminlar deyarli berilmaydi. Vaholanki, translyasiyalar Yevropanikiga yaqinlashishi uchun nafaqat sifatli TV texnikalar, balki projektor hamda yaxshi maysalar ham zarur.

Shuningdek, uchrashuvlardan avval maysani namlash, ya’ni, unga suv sepish masalasi ham ko‘tarildi. Tezkor va kombinasion futbolni yaxshi ko‘radigan murabbiylar bunga jiddiy e’tibor beradi, ularni siz ham yaxshi bilasiz. Bunda to‘p tezroq yumalaydi, hujumkorlik ortadi, futbolchilar futboldan rohat olib to‘p suradi. Ammo natija yo‘lida bundan qochadigan murabbiylar ham bor. Ularni ham tushunish mumkin, tarkibi kuchsizroq ekanini bilgani uchun, yetakchi klublarni shu yo‘l bilan qurolsizlantirishga, yopiqroq futbol o‘ynashga, keng front bo‘ylab harakat qilmaslikka urg‘u berishadi.

Bundan tashqari, maysalar xarakteri va iqlim sharoiti ham bor. Aytaylik, uchrashuvdan avval maysa sug‘orilsa, futbolchilarda o‘yin yaxshiroq chiqadi, ammo maysa nisbatan ko‘proq talofat ko‘radi. Nima demoqchiman, yaxshi futbol uchun ko‘p mutaxassislar o‘sha qurbonlikka tayyor turadi. Ispaniya, Angliya, Germaniya kabi chempionatlarda gol urgan futbolchilar maysa ustida qanday “uchishlarini” siz yaxshi bilasiz, bu ular uchun odatiy holat. Biz ham mana shu bosqichga yetib borishimiz kerak.

Yaxshi maydon katta xarajat talab qiladi. Shundan kelib chiqib, klublarda ikki yo‘l bor: yo yaxshi infrastruktura qilish va kamchiqim futbolchilar bilan to‘p surish yoki yaxshi futbolchilarni jalb qilib, infrastrukturaga pul yetkaza olmaslik. Masalan, men birinchi yo‘lni yoqlagan bo‘lardim. Bu yoshroq futbolchilarga katta turtki beradi, ular tekis va ravon maydonlarda futbol sabog‘ini chiqarishga muhtoj. Bu ularga qo‘rqmasdan, o‘ziga ishonch bilan to‘p surish, to‘p bilan muomala qilayotganda qiyshiq maydonga emas, ochilayotgan sheriklariga nazar tashlash kabi ko‘nikmalarini beradi. Afsuski, ravon bo‘lmagan futbol maydonlarida katta bo‘lgan avlod ketma-ket chiqaveradi va biz ulardan Yaponiya yoki Janubiy Koreyani yutishni talab qilamiz.

Ha, ba’zi murabbiylar viloyatdagi maydonlardan nolishi mumkin. Ammo ular buni ba’zida futbolning bir qismi sifatida qabul qilishlari kerak. "Barselona" ham har yerda "Kamp Nou"dagi sharoitni topa olmaydi. Kimdadir maysa 1,5 sm qilib, yana kimda 2,2 va hokazo uzunlikda o‘riladi, futbolchilar, murabbiylar buni juda yaxshi his qiladi, hamma joyning o‘z tosh va tarozisi bor, hamma jamoa shuning uchun ham o‘z uyida, o‘z maysasi ustida yaxshiroq ko‘rinadi, maydonga tezroq moslashadi.

Bugunga kelib Superliga va Pro liga maydonlari ancha yaxshilangan. Endi biz tezroq ikkinchi bosqichga — o‘sha maydonlar uchun chiqimlar qiladigan davrga yetib kelishimiz kerak. O‘yingohlar maydonini asrab, mashg‘ulotlar uchun boshqa maydonlar barpo etishimiz shart. Kerak bo‘lsa, buning uchun qimmat futbolchilardan vaqtincha voz kechish mumkin, evaziga o‘zimizning bolalar kelajakda ulardan ancha saviyaliroq futbolchi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 18:04, 07.07.2020.
O'qildi: 3374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz