Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Joel Kojo – «Dinamo» klubi rasman transfer qilgan ilk xorijlik futbolchiga aylandi

Joel Kojo – «Dinamo» klubi rasman transfer qilgan ilk xorijlik futbolchiga aylandi

Baho:
+ | -

«Dinamo» PFK Eronning «Istiqlol» klubi Joel Kojoning transferi bo‘yicha ikki bosqichli transfer transh to‘lovini nihoyat amalga oshirganini rasman ma’lum qiladi.

Asli ganalik bo‘lgan Joel Kojo «Dinamo» jamoasi safiga 2023 yil boshida kelib qo‘shildi va Vadim Abramov murabbiyligida Pro ligadagi o‘yinlari orqali ilk bor Qirg‘iziston milliy jamoasidan taklif oldi. Goleador hujumchi 2023 yilda Pro liga, 2024 yilda esa Superligada to‘purarlardan biriga aylandi. Milliy jamoasi safida yetakchiga aylanib, qator muhim gollarga mualliflik qildi. Kojoga transfer bo‘yicha bir qator takliflar kela boshlagach, «Dinamo» PFK Tehronning «Istiqlol» jamoasi taklifini qabul qildi va yanvar oyida kelishuv amalga oshdi. Ma’lum sabablar tufayli mablag‘lar klub hisob raqamiga belgilangandan kechroq tushdi. Shu tariqa, Kojo – «Dinamo» xorij klubiga rasman transfer qilgan ilk xorijlik futbolchiga aylandi.

«Kojoni jamoamizga Qirg‘iziston klubidan erkin agent sifatida taklif etgandik, Samarqanddagi ikki yillik faoliyatidan keyin Eron klubiga rasman transfer qildik. Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimizning «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, klublarning transferlardan daromad olishi va 2030 yilga qadar xususiylashtirish qayd etilgan. Shunga muvofiq, «Dinamo» PFK ham tarkibdagi o‘yinchilarni milliy jamoalar darajasiga yetkazib, ularni xorij klublariga transfer qilish amaliyotini davom ettirishni rejalashtirgan. Shu bois bu yil boshida tarkibimizda yana bir qator iqtidorlarni saralab oldik», - deydi «Dinamo» PFK bosh direktori Dilshod Sharofutdinov.

«Dinamo» PFK Joel Kojoning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:26, 14.03.2025.
O'qildi: 2785 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик