Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Abdusamad Do‘rmonov: «Yigitlarga avvalgi uchrashuvni unutish kerakligini aytgandim»

Abdusamad Do‘rmonov: «Yigitlarga avvalgi uchrashuvni unutish kerakligini aytgandim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston chempionatining  Pro ligasida 2-tur uchrashuvlariga kecha start berildi.Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida Farg‘onaning "Neftchi"  hamda Urganchning "Xorazm"  jamoalari kuch sinashishdi. Bo‘lib o‘tgan ushbu bahsda maydon egalari yirik 3:0 hisobida g‘alabaga erishdilar. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do‘rmonov o‘yin hususida bir qator savollarga javob qaytardilar.

  — Ikki hafta ichida "Xorazm"  jamoasi bilan ikkinchi marotaba to‘qnash keldik. Yigitlarga uchrashuv oldidan bundan oldin bo‘lib o‘tgan bellashuvni unutib, bugungi bahsda o‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishimizni ta’kidlab o‘tgandim. Ko‘rib turibsiz, oxirgi ikki haftada 4 ta o‘yin o‘tkazganimiz bois, futbolchilarda katta yuk hissi bor edi albatta. Shu qatori issiq ob-havo harorati ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi  tabiiy. Lekin, birinchi bo‘limning o‘rtalarida tajribali va yetakchi ijrochimiz Mansur Saidov o‘z mahoratini ishga solib, gol kiritishdan tashqari jamoa a’zolarini o‘z ortidan ergashtirishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Tanaffus paytida yigitlarimizga berilgan ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topdi. Ikkinchi bo‘limda hujumlarni ko‘paytirib, yana 2 ta to‘p kiritishga erishdik. Futbolchilarning namoyish etgan o‘yinlaridan mamnun bo‘lgan holda, ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Endi bundan buyog‘iga  oldinga qarab intilishimiz lozim.

   — Javohir Rasulov  bugun zaxira o‘rindig‘ida ko‘zga tashlandi. Uning uchrashuvlarga qay darajada tayyor ekanligiga oydinlik kiritsangiz?

  — Javohir Rasulov fevral oyida jarohat olib, keyinchalik karantindan keyin ham tiklanish jarayonini o‘tkazib yuborib, mana ikki haftadirki umumiy guruhga qo‘shilib mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Hozirgi kunda unda tiklanish jarayoni davom etmoqda. Javohir qobiliyatli va mohir futbolchi. Undan umid va ishonchimiz katta.

"Neftchi"  matbuot xizmati

Kiritildi: 21:07, 08.07.2020.
O'qildi: 2815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик