Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Afsonaviy darvozabonning bo‘yi 166 sm?!

Afsonaviy darvozabonning bo‘yi 166 sm?!

Baho:
+ | -

Darvozabonlarning bo‘yi baland bo‘lishi odatiy tusga kirgan. Hatto ayrim akademiyalar past bo‘yli kipperlarni ko‘rikdan ham o‘tkazishmaydi. Shunga qaramay, futbol olamida ko‘plab past bo‘yli darvozabonlar bo‘lgan. Bugun ular orasidagi eng mashhurlarini yodga olamiz.

 

Dyula Groshich

Bo‘yining balandligi: 178 sm

 

20 asrning eng kuchli darvozabolari reytingida 18 o‘rinni egallagan Groshich haqida hozirgi avlod muxlislari yaxshi ma’lumotga ega emas. Vengriya terma jamoasi bilan 1954 yildagi JCHning kumush medallarini qo‘lga kiritgan Dyula oradan ikki yil o‘tib Olimpiyadaning oltin medallariga ega chiqadi.

 

U bugungi ro‘yxatimizdagi eng bo‘yi baland kipper, biroq top darajadagi darvozabonlardan birortasi 178 sm bo‘y bilan Groshich erishgan yutuqlarga yaqin ham kela olmagan. Bugungi kunda darvozabonlarning o‘rtacha bo‘yi 190 smni tashkil etadi. Dyula o‘z reaksiyasi sababli biror marotaba ham past bo‘yi pand berib qo‘ymagan kam sonli kipperlardan.

 

Oskar Rohas

Bo‘yining balandligi : 172 sm

 

Oskar uzoq muddat super darajadagi futbol namoyish etgan. 46 yoshga qadar darvozani qo‘riqlagan Rohas faoliyatining deyarli 90 foizini Meksikaning eng nomdor klubi – “Krus Asul” jamoasida o‘tkazgan. Bo‘yining balandligi atigi 172 sm bo‘lishiga qaramay, qahramonimiz fantastik tezligi sababli doimo asosiy tarkib a’zosi bo‘lgan. Uning chaqqonligi sababli yakama-yakka vaziyatda hujumchilar zarba berishga ulgurmas, Oskar tez qaror chiqarish borasida benazir darvozabon edi. Uni Meksikada mamlkat futboli tarixidagi eng kuchli kipper deb e’zozlashadi. “Quyoncha” laqabi bilan mashhur bo‘lgan darvozabon bugungi kunda Meksika sport kanalida futbol eksperti sifatida faoliyat olib bormoqda.

 

Teddi Devinson

Bo‘yinin balandligi: 170 sm


 

Aslida Teddi jurnal uchun xarf teruvchi sifatida faoliyat olib borar, bo‘sh vaqtida Angliyaning quyi ligalaridagi havaskor jamoalar darvozasini qo‘riqlar edi. Ana shunday o‘yinlarning birida uni “Sheffild UYEnsdey” jamoasi murabbiyi kuzatadi. Oradan 2 hafta o‘tib 170 sm bo‘yga darvozabon yuqori liga jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Keyinchalik faoliyatining so‘nggiga qadar “Sheffild” sharafini himoya qilgan Devinson havaskor kipperdan Angliya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni darajasigacha ko‘tariladi. Past bo‘yli bo‘lishiga qaramay, penaltilar “qotili” sanalgan Teddi bir nechta uchrashuvda “uch sherlar” sharafini himoya qilgan. E’tiborlisi shundaki, u terma jamoa safida maydonga tushgan barcha o‘yinlarni “quruq” o‘tkazadi. “Sheffild” uchun 424 ta o‘yinda maydonga tushgan Teddi aynan shu jamoada qo‘lqoplarini mixga iladi.

 

Jyulen Darui

Bo‘yining balandligi:168 sm

 

Futbolning yozilmagan qonunlariga qarshi chiqqan Darui 168 sm bo‘y bilan ham afsonaviy kipperga aylanishga muvaffaq bo‘lgan. Aynan past bo‘yli bo‘lgani bois Jyulen to‘p uchun chiqishda juda yaxshi o‘yin namoyish etar, reaksiya bobida ham tengsiz edi.

 

“L’Equipe” nashri tomonidan 20 asrdagi Fransiyaning eng kuchli darvozaboni deb e’tirof etilgan Darui aslida Lyuksenburgda tavallud topgan. Shunga qaramay, Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. “Ruben-Terkuyen” klubi safida Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan Jyulen birinchilardan bo‘lib markazga qadar yetib kelib hujumga qo‘shilgan darvozabonlardan edi. Ayrim uchrashuvlarda uning markazda jamoadoshlari bilan kombinatsiyada ishtirok etganini ko‘rgan muxlislar hayratda qolishgani turgan gap.

 

Pedro Benites

Bo‘yining balandligi: 166 sm

 

Bu qadar past bo‘yli darvozabonni tasavvur qilish ham juda mushkul. Shunga qaramay, aynan shunday bo‘y bilan futbol olamida nom qozongan darvozabon mavjud.

Paragvaylik Pedro Benites ilk bor tashkillashtirilgan JCHda (1930-yil Urugvayda tashkil etilgan musobaqa) fantastik o‘yinlar o‘tkazadi. Ayniqsa, Belgiyaga qarshi o‘yin tasmasi hali-hamon FIFAning oltin kolleksiyasida saqlanadi. Paragvayning “Libertad” jamoasi bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan darvozabon mundialdan so‘ng juda mashhur bo‘lib ketadi. Oradan bir yil o‘tib, Argentinaning “Atlanta” klubi Pedroni o‘z safiga qo‘shib oldi. Keyinchalik, Benites Argentina chempionligini ham nishonladi va Janubiy Amerikaning 20 asrdagi eng kuchli darvozabonlari ro‘yxatida kuchli beshlikdan o‘rin egalladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:43, 10.07.2020.
O'qildi: 8136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.