Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

«Bunyodkor»: Futbolchimizning holati barqaror

«Bunyodkor»: Futbolchimizning holati barqaror

Baho:
+ | -

9 iyul kuni jamoamiz a’zosining harorati ko‘tarilishi natijasida uning virus yuqtirib olgan-olmaganligi bo‘yicha savollar paydo bo‘ldi. Shu bois harorati ko‘tarilgan futbolchimiz alohida tartibda nazoratga olindi, shuningdek, nafaqat u balki jamoamizning boshqa o‘yinchilari ham tegishli tartibda test topshirdi. 

«Bunyodkor» bugun Coca Cola Superliganing 9-tur doirasidagi uchrashuvni o‘tkazish uchun Buxoroga jo‘nab ketishi kerak edi. Ma’lumki, Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘ylab harakat qiluvchi temiryo‘l va aviaqatnovlar to‘xtatilgan. Shuning uchun jamoamiz Buxoroga avtobusda yo‘l olishni rejalashtirgandi. Biroq jamoamiz rahbariyati hamda murabbiylar shtabi futbolchilarimiz topshirgan test natijalarining javobi ma’lum bo‘lguniga qadar tavakkal qilishni istamadi va O‘zbekiston Professional futbol ligasiga murojaat bilan chiqib, «Bunyodkor» - «Buxoro» uchrashuvini boshqa muddatga ko‘chirilishini so‘radi. O‘z navbatida PFL jamoamiz murojaatiga ijobiy javob qaytarib, o‘yin boshqa muddatda bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. 

Bugun «Bunyodkor» o‘quv mashg‘ulot bazasiga Toshkent shahar Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining infeksionist shifokorlari tashrif buyurib, alohida tartibda nazoratda bo‘lib turgan futbolchimizni yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazishdi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘yinchimizning bugungi holati barqaror, xavotir oladigan jihat yo‘q. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, futbolchimiz 4-5 kunda o‘zining avvalgi holatiga qaytadi.

Ta’kidlaganimizdek, jamoamizning barcha futbolchilari virus uchun test namunalarini topshirgan. 1-2 kun ichida natijalar ma’lum bo‘ladi. Natijalar biz uchun ijobiy bo‘ladi, degan umiddamiz. Shunday bo‘lsa Superliganing 10-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Metallurg» uchrashuvi o‘z vaqtida o‘tkaziladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 20:02, 13.07.2020.
O'qildi: 3057 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.