Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Oltin to‘p»-2020 da’vogarlari reytingi yangilandi: 14.07.2020 (top-20)

«Oltin to‘p»-2020 da’vogarlari reytingi yangilandi: 14.07.2020 (top-20)

Baho:
+ | -1

"Goal" nashri ekspertlari joriy yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga da’vogarlik qilishi mumkin futbolchilarning reytingini yangiladi.

Reytingning yuqori pog‘onasini bu safar ham «Bavariya» forvardi Robert Levandovski hech kimga bermadi. Shuningdek, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" sardori Lionel Messi o‘tgna haftadagi reyting bilan taqqoslaganda kuchli uchlikni hech kimga bo‘shatishmadi. "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne ham 4-qatorni band etib turibdi.

Reytingda qiziq o‘zgarish ro‘y berdi. Yevropa chempionlar ligasi chorak finaliga qur’a tashlangach, Neymar va Kilian Mbappening ro‘yxatda 2 pog‘onadan ko‘tarilishdi. Ular endi mos ravishda 5 va 7-o‘rinni egallab turishibdi. Parijliklar chorak finalda "Atalanta" bilan to‘qnash kelishadi. Ekspertlar bu uchrashuvlarda Neymar va Mbappe o‘zini ko‘rsatishini umid qilishmoqda. Bundan tashqari, juftlik g‘olibi yarim finalda "Leypsig" - "Atletiko" uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash kelishi ham "PSJ" yetakchi futbolchilarining "Oltin to‘p" uchun kurashdagi imkoniyatini nazariy jihatdan oshirgandek.

Avvalgi reytinglarda top-20ga kirmagan "Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling ilk marta top-20ga kirdi. Angliyalik futbolchi 18-pog‘onaga joylashtirildi. Natijada "Lasio" to‘purari Chiro Immobile top-20ni tark etdi.

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga da’vogar futbolchilar (top-20):

1. Robert Levandovski («Bavariya», avvalgi reyting — 1)
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 2).
3. Lionel Messi («Barselona», 4).
4. Kevin De Breyne («Manchester Siti», 4).
5. Neymar («PSJ», 7).
6. Karim Benzema («Real», 6).
7. Kilian Mbappe («PSJ», 9).
8. Tomas Myuller («Bavariya», 5).
9. Erling Xoland («Borussiya» Dortmund, 8).
10.Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", 10)
11. Serj Gnabri («Bavariya», 15).
12. Serxio Ramos ("Real", 12)
13. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund, 13).
14. Paulo Dibala ("Yuventus", 14)
15. Kay Xavers ("Bayer", 15).
16. Sadio Mane ("Liverpul", 16)
17. Alfonso Devis ("Bavariya", 17)
18. Rahim Sterling ("Manchester Siti", reytingga ilk marta kirdi)
19. Jordan Xenderson ("Liverpul", 18)
20. Timo Verner ("Leypsig", 19)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:06, 14.07.2020.
O'qildi: 24130 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик