Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

“Surxon” klubining ikki futbolchisi izolyasiyaga olindi

“Surxon” klubining ikki futbolchisi izolyasiyaga olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Surxon” klubi futbolchilari Nuriddin Hasanov hamda Xusniddin G‘ofurov izolyasiyaga olindi. 

Ularda 13 iyul kuni holsizlanish alomatlari sezilgan. Natijada klub shifokori ularni jamoadan ajratib, darhol izolyasiya qilgan. Ertasiga — 14 iyul kuni futbolchilar COVID-19 uchun test topshirgan. 17 iyul sanasida mazkur futbolchilarning virus yuqtirib olgani tasdiqlangan. 

Xabaringiz bor, “Surxon” klubi 12 iyul kuni Coca Cola Superliganing 9-turi doirasida Andijonda mehmon bo‘lgandi. Xusniddin G‘ofurov uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan. 

Endilikda “Surxon” va “Andijon” klubi futbolchilari COVID-19 uchun test topshirishlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur jamoalarning navbatdagi o‘yinlari rejasi shundan kelib chiqib ma’lum qilinadi. 

Izoh. Hozirgacha shubhaga olingan klublardan faqatgina “Navbahor” O‘zPFL uchun barcha ma’lumotlarni to‘liq hamda o‘z vaqtida taqdim etdi. “Bunyodkor” futbol klubi esa bugun — 17 iyul kuni kechgacha jamoa a’zolari haqida to‘liq ma’lumot berish majburiyatini olgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:41, 17.07.2020.
O'qildi: 3731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик