«Chelsi» hujumchisi Olivye Jiru Fransiya terma jamoasi safida o‘z oldiga qanday vazifa qo‘yayotganini aytib o‘tdi.
«Albatta, Fransiya terma jamoasida o‘ynash — bu katta sharaf. Bunga esa klubda yaxshi o‘ynash orqali erishish mumkin. Menga Yevropa chempionati finalida o‘ynash va jahon chempionatida g‘olib chiqish nasib etdi. Terma jamoa bilan yana sovrinlar yutib olishni hamda milliy rekordlarni yangilashni istayman. Eng kamida terma jamoa safida 100ta uchrashuv o‘tkazishni va to‘purarlar ro‘yxatida Platinidan o‘tib ketib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishni xohlayman. Ushbu maqsadlar menga motivasiya beradi va yuqori formada qolishga majbur etadi», — dedi Jiru "Canal Plus"ga bergan intervyusida.
Jiru shu paytgacha Fransiya terma jamoasi safida 97ta o‘yinda maydonga tushib, ularda 39ta gol urgan. U terma jamoa to‘purarlari ro‘yxatidan Mishel Platinidan 2ta gol, Tyerri Anridan esa 12ta gol ortda qolmoqda.