Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Diyor Imoxo‘jayev: «Navbahor» va Aleksey Belenkov masalasi bo‘yicha

Diyor Imoxo‘jayev: «Navbahor» va Aleksey Belenkov masalasi bo‘yicha

Baho:
+ | -

FIFA rossiyalik murabbiy Belenkov masalasi bo‘yicha ish boshlagani rost. Uning «Navbahor» bilan shartnomasi muddatidan avval bekor qilingani uchun kompensasiya sifatida 484 100 dollar da’vosi kiritilgan.

Ish ochilayotgani yuzasidan «Navbahor» futbol klubi 21 aprel kuni (hamma karantinda vaqti) ogohlantirilgan. FIFA tomonidan yo‘llangan so‘nggi xat 20 iyul kuni qabul qilib olingan.

Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan klub haqidagi bu kabi axborotni aslida yashirish shart emas. Ammo o‘z tashkilotidan maosh olayotgan ikki xodim xatlarni o‘zining bevosita rahbari ruxsatisiz mamlakat futbolida asosan fitna qo‘zitayotgan shaxslarga bevosita taqdim etayotgan bo‘lsa (katta ehtimol bilan, adashgan bo‘lishimiz mumkin), demak shu tashkilotda etika normalari lozim darajada ishlamayapti. Biz shu vaqtgacha legioner futbolchi va murabbiylar bilan qarzdorliklar masalasida ishlab kelyapmiz va ularni ochiqlayapmiz.

Bu kabi ishlardan ommaning xabardor bo‘lishi yaxshi. Ishimiz qanchalik shaffof bo‘lsa, biz shunchalik tiyilamiz, jamiyat bizni tiyib turishga harakat qiladi. Ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganida edi, «Navbahor» 70 000 dollar bilan shartnomani bekor qilishi mumkin edi. Ayni vaqtda talab qilinayotgan summa esa kichik emas. Afsuski, biz shartnomani qanday bekor qilish haqida ko‘proq bosh qotiramiz, aslida shu tafakkurni shartnoma tuzishdan oldin ishlatish ko‘proq foyda beradi. Ya’ni, biz qachondir bu kabi ishlarning oqibatlariga qarshi kurashishdan tiyilishni istasak, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganishimiz va tartibga solishimiz kerak.

«Navbahor» futbol klubida vaziyat bo‘yicha tushuntirish berish uchun yana ikki kun vaqt bor. O‘zPFL mazkur masala yuzasidan «Navbahor» bilan hamkorlik qiladi va FIFA talab qilgan hujjatlarni yuborishga haminqadar ko‘maklashadi. Umid qilamizki, «Navbahor» rahbariyati ham bundan xulosa chiqaradi.

Afsuski, bizning futbolda faoliyat olib borayotgan xorijliklarni so‘nggi 10 yilliklarda maydonda ko‘rsatgan xizmatlari bilan emas, FIFAga kiritayotgan da’volari bilan tanib olyapmiz. Avval ham aytganimdek, O‘zPFL professional klublar qoshida faoliyat olib borayotgan futbol maktablari (akademiyalar)ni ham lisenziyalashdan o‘tkazish tizimini ishlab chiqmoqda. Unga ko‘ra, lozim darajada poydevoriga ega bo‘lmagan futbol klublariga legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashga ruxsat berilmaydi. Sentyabrga qadar O‘zPFL mazkur masalani O‘FA Ijroqo‘miga kiritishni rejalashtirgan.       

Diyor Imomxo‘jayev

P.S. Championat.asia nashri Aleksey Belenkov mojrasi haqida yozib, katta shov-shuv ko‘tardi. Bu albatta OAV uchun xos hatti-harakat, bunga qoyil qolish kerak.

«Navbahor» va Belenkov masalasiga oydinlik kiritilgan postdan keyin sayt rahbari aloqaga chiqdi hamda ma’lumotni kimdan olganiga aniqlik kiritdi: SILA yuristi Mixail Prokopes. Mazkur ma’lumot biz yuqorida sha’ma qilganimiz  kishiga ham sayt rahbari tomonidan taqdim etilgan. U esa chaqqonlik bilan ma’lumotni saytdan bir daqiqa oldinroq o‘z kanalida chop etishga ulgurgan.

O‘FA xalqaro bo‘limi masalaga oydinlik kiritishda ko‘maklashmoqda. Mazkur bo‘limning sobiq hodimiga endilikda FIFA xat jo‘natmaydi. Har birimiz o‘z vakolatimiz doirasida ishlashimiz muhim. Bugun «Navbahor» yuristi o‘zida mavjud dalillar bilan bilan keladi va biz vaziyat yuzasidan FIFAga murojaat bilan chiqamiz.  

Yana aytishni istardim, bizda futbol jurnalistikasi shu sohaning qolgan yo‘nalishlaridan ancha ilgarilab ketdi. Bejizga futbol mutaxassislarining aksar qismi aynan jurnalistlardan orasidan chiqayotgani yo‘q.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 14:47, 22.07.2020.
O'qildi: 5430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.