Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«Arsenal» Obameyangning maosh borasida talabini qondirishga tayyor

«Arsenal» Obameyangning maosh borasida talabini qondirishga tayyor

Baho:
+ | -

"Arsenal" klubi rahbariyati hujumchi Pyer-Emerik Obameyang bilan shartnomani uzaytirish borasida dastlabki taklifni tayyorlamoqda. Eslatib o‘tamiz, gabonlik futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.

"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko‘ra, "kanonirlar" 31 yoshli futbolchining maosh borasidagi talabini qondirishga tayyor. Ya’ni jamoa Obameyangga 250 ming funt miqdorida haftalik maosh taklif qiladi.

Ammo, moliyaviy talabdan tashqari, rahbariyat bosh murabbiy Mikel Artetaga jamoani APLning kuchli to‘rtligiga qaytarish uchun yetarlicha vaqt berilishiga kafolat berishi kerak.

Gap shundaki, Pyer-Emerik va ispaniyalik mutaxassis o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan bo‘lib, Artetaning shaxsan o‘zi Obameyang bilan yangi shartnoma imzolanishini talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pyer-Emerik Obameyang ketma-ket 2ta mavsumida kamida 20tadan gol urgan "Arsenal" tarixidagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha faqat Tyerri Anri ketma-ket 5 mavsum davomida "kanonirlar" safida kamida 20tadan gol urgan.

Manba: football.ua
Kiritildi: 22:42, 22.07.2020.
O'qildi: 3796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.