Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

“Atletiko” muxlislari kimdan nafratlanadi? (top 5)

“Atletiko” muxlislari kimdan nafratlanadi? (top 5)

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” jamoasi muxlislari har jabhada boshqa muxlislardan tubdan farq qiladi. Ayniqsa, jamoa tepasiga Diyego Simione kelgach, muxlislar soni va agressiyasi keskin ko‘tarilib ketdi. Endilikda, klub o‘z futbolchilarini qadrlash borasida barcha grandlarga o‘rnak bo‘lmoqda. Shunday bo‘lsada, ularning g‘azabani qo‘zg‘atganlar ham yo‘q emas. Bugun klub fanatlari tomonidan “dushman” deb e’lon qilingan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.


5-o‘rin. Santyago Solari (1999-2000)

1999-yilning yanvar oyida Solari “matraschilar” bilan shartnomani 5 yilga uzaytiradi. Bundan tashqari, klub muxlislari uni o‘zlariga yaqin olgani bois “el Indio” deb nomlashni boshlaydi. Uning nomi tushirilgan futbolkalar sotuvi ham keskin ko‘tarilib ketadi.

Afsuski, “Atletiko” uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, “Segunda”ga ravona bo‘ladi. Klub muxlislari futbolchilarni ko‘nglini ko‘tarish maqsadida ular bilan “Segunda”da qolishga tayyorligini ma’lum qilishgan bo‘lsada, Solari kutilmagan qarorga keladi. Qahramonimiz barcha birlashishi kutilgan bir vaqtda, “Atletiko”ning azaliy raqibi “Real” bilan shartnoma imzolaydi. Argentinalik futbolchini muxlislar “cho‘kayotgan kemadan qochib ketgan kalamush” deb nomlashni boshladi. “Atletiko” “Premero”ga qaytgach, ilk debida butun stadion Solarini haqorat qiluvchi banerlar bilan o‘yinga tashrif buyuradi.

4-o‘rin. Marselo Coco (2004-2005)

Urugvaylik futbolchi bugungi ro‘yxatimizdagi nomdor futbolchilar oldida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, biroq u amalga oshirgan ish tarixdan o‘rin olgan.

“Levante” bilan o‘yindan so‘ng, birinchi qatorda o‘tirgan muxlislardan biri Marselodan nima uchun bunchalar yomon o‘yin o‘tkazganini so‘raydi. Unga javoban Marselo muxlisning yuziga mush tushiradi. Vaziyatni kuzatib turgan futbolchilar urugvaylik jamoadoshini kiyinish xonasiga olib kirib ketishadi.

O‘z muxlislarini qattiq xurmat qiluvchi klub vaziyatni shundayligicha qoldirishni istamadi. Mavsum yakunlangach, Marselo bilan o‘rtadagi shartnoma bekor qilindi. Undan kaltak yegan muxlisga jamoa futbolchilari bir yillik abonamentni yarashuv maqsadida taqdim etdi.

3-o‘rin. Serhio Aguyero (2006-2011)

Tan  olish lozim, “matraschilar” muxlislari Aguyerodan juda ko‘p narsa kutishgan edi. Diyego Forlan bilan birgalikda klub tarixidagi eng kuchli tandemni hosil qilgan o‘spirin 5 yil ichida jamoaning chinakam yetakchisiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

2010-yilda klub Aguyeroni jamoada saqlab qolish maqsadida u bilan o‘rtadagi shartnomani 4 yilga uzaytiradi. Oradan bir yil o‘tgach, Aguyero jamoadan ketishga qaror qiladi. Yozda “Kopa Amerika” musobaqasiga yo‘l olgan futbolchi Madridga qaytib bormaydi. To‘g‘ri, Manchester shahriga ko‘chib kelgan futbolchi klub muxlislari bilan xayrlashib ham o‘tirmadi. O‘z jamoadoshlari bilan ham xayrlashmay ketgan Aguyeroni jamoa fanatlari  kechira olmadi. Aynan o‘sha voqeadan so‘ng, uni klub tarixidagi eng kuchli 100 ta futbolchi ro‘yxatidan o‘chirib tashlashdi.

2-o‘rin. Antuan Grizman (2014-2019)

Zamonaviy “Atletiko” muxlislari allaqachon Grizmanni jamoaning birinchi raqamli dushmaniga aylantirib bo‘ldi. Kataloniya klubiga o‘tgach, yoshligidan “Barselona” muxlisi ekanligini ma’lum qilgan Antuan barchaning g‘azabiga sabab bo‘ldi.

2016-yilda YECHL finalida penaltini amalga oshira olmaganida ham muxlislari uni qo‘llab-quvvatlashda davom etaverdi. “Metrapolitano” stadioni qurilgach, muxlislar uning sodiqligiga shubha qilmagani uchun ham Grizmanning suratini stadion peshtaxtasiga joylab qo‘yilishini talab qilishdi.

2018-yildan boshlab uning “Barselona”ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘la boshladi. Rossiyadagi JCH oldidan Antuan hech qayerga ketmasligini rasman e’lon ham qildi. Keyin “qaror” nomli hujjatli film suratga olindi. Unda qanday qilib Antuanning “Atletiko”ga sodiq qolgani bayon etiladi.

Klub muxlislari uni boshqa futbolchilar singari katta sovrinlar ilinjida “Atletiko”ni tark etmagani uchun qattiq yaxshi ko‘rib qoladi. Afsuski, hujjatli filmda aytilgan baland-parvoz so‘zlar bir yildan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.

Antuan “Barselona” libosida va klub sha’niga iliq so‘zlar aytmoqda. O‘sha kundan boshlab, “Atletiko” muxlislari uchun Antuan “o‘lgan”. Uning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarda hali-hamon turli yoqimsiz haqoratlar yog‘ilishi davom etmoqda. Afsuski, Grizman klub afsonasiga aylanishi mumkin edi, biroq endi uni faqat salbiy qahramon sifatida eslashadi.

1-o‘rin. Ugo Sanches (1981-1985)

Meksikalik  Sanches o‘z zamonasining eng kuchli futbolchisi edi desak, adashmagan bo‘lamiz. “Atletiko” safida “La Liga” to‘purariga aylangan hujumchi bir nechta sovrinlar yutishga muvaffaq bo‘ladi. Klub afsonasi bo‘lishiga qaramay, Ugo katta moash ilinjida “Real” bilan shartnoma imzolaydi. Uning bu qarorini muxlislar bugungi kunga qadar kechira olmaydi.

Transfer rasman e’lon qilingach, Ugo deyarli har kuni turli yomon so‘zlar va tahdidlarga to‘la xatlar olishni boshlaydi. Uni jamoada olib qolmagani uchun Visente Kalderon ham katta bosim ostida qolib ketadi. Vaziyat vaqt o‘tishi bilan ham o‘z o‘rniga kelmaydi. “Real” safidagi ilk mashg‘ulot kunidayoq “Atletiko” muxlislari Sanchesning mashinasini namoyishkorona yoqib yuborishadi.

To‘g‘ri, Sanches “Real” bilan birgalikda besh bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, biroq shu yillar davomida qo‘rquvda yashadi. Uni klub muxlislari hali-hamon “Sotqin Sanches” deb atashadi. Bu atama og‘izdan-o‘g‘izga ko‘chib bugungi kunlarimizga qadar yetib kelgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:35, 27.07.2020.
O'qildi: 12022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.