Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Saudiyalik investorlar «Nyukasl»ni xarid qilish fikridan voz kechdi

Saudiyalik investorlar «Nyukasl»ni xarid qilish fikridan voz kechdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni investisiya jamg‘armasi «Nyukasl»ni xarid qilish fikridan voz kechdi. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.

«Nyukasl aholisi va futbol klubiga chuqur hurmatni saqlagan holda shuni ma’lum qilamizki, biz «Nyukasl Yunayted» futbol klubini xarid qilish maqsadidan voz kechishga qaror qildik.

Biz bundan afsusdamiz. Chunki bu buyuk shaharga investisiya kiritish niyatida edik. Klubni o‘z tarixi, an’analariga mos pog‘onaga ko‘tarishga ishonchimiz komil edi.

Yakunda esa bizga ma’lum bo‘lmagan sabab tufayli jarayon cho‘zilib ketdi. Natijada Investisiya jamg‘armasi va klub egasi o‘rtasidagi kelishuv muddati yakuniga yetdi. Yangi mavsum boshlanishiga yaqin qolganiga qaramay, bizning investision rejamiz qo‘llab-quvvatlanmadi», — deyiladi bayonotda.

Aprel oyining o‘rtalarida «Nyukasl»ning hozirgi xo‘jayini Mayk Eshli klubni Muhammad bin Salmon boshchiligidagi Saudiya Arabistoni investisiya jamg‘armasiga 300 mln funt sterlingga sotish borasida kelishuvga erishgani haqida xabar tarqalgan edi. Ammo Angliya premyer-ligasi ba’zi sabablarga ko‘ra ushbu kelishuvni ro‘yxatga olishni istamadi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 21:08, 30.07.2020.
O'qildi: 4365 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик