Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Bartomeu Neymar va Lautaroning transferi borasida fikr bildirdi

Bartomeu Neymar va Lautaroning transferi borasida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu yaqin orada «PSJ» hujumchisi Neymarning  transferini amalga oshirishning imkoni yo‘qligini ma’lum qildi.

– Neymarning transferini amalga oshirishning imkoni bormi?
– Hozirgi vaziyatda buning imkoni yo‘q. Boz ustiga, «PSJ» ham uni sotishni istamaydi. Bunda mantiq bor. Chunki u jahonning eng yaxshi futbolchisi. O‘tgan yili uni qo‘lga kiritishga urindik, ammo bu safar bunday qilmaymiz.

Klub mart-iyun oylari 200 million yevro yo‘qotdi. 2020/21 yilgi mavsumda biz 1,1 mlrd yevro ishlab topmoqchi edik, ammo endi prognozimiz 30 foizga kamaydi. Agar vaziyat yaxshilanmasa — stadion, muzey va do‘konlarga odamlar kelmasa, biz bundan keyin ham daromadlarni yo‘qotishda davom etamiz. Ushbu vaziyat rejalarimizni qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Biz bunga moslashishimiz kerak.

–«Barsa» Lautaro Martinesni xarid qiladimi?
– Klub so‘nggi bir necha hafta ichida «Inter» bilan Lautaro borasida muzokara olib bordi, ammo hozirda jarayon ikki tomonning kelishuvi asosida to‘xtatildi. Yuzaga kelgan vaziyat tufayli yirik xaridlarni amalga oshirishning imkoni yo‘q.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:02, 02.08.2020.
O'qildi: 9409 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик